Rossiya va AQSh SNV-3 bitimini uzaytira oladimi — Kokoshin fikri

RFA akademigi, RF Xavfsizlik kengashining sobiq kotibi Andrey Kokoshin Rossiya va Amerika o‘rtasida tuzilgan strategik hujum qurollarini qisqartirish va cheklash bitimi kelajagi qanday bo‘lishi xususida fikr bildirdi.
Sputnik

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘rta va yaqin masofalarga uchadigan raketalar to‘g‘risidagi shartnoma (DRSMD) bekor qilinayotgan bir sharoitda Yevropadagi ziddiyatni pasaytirish bo‘yicha choralarni tasdiqlashni taklif etdi.

Putin AQShning DRSMDdan chiqishini jiddiy xato deb atadi

Davlat rahbari ziddiyatning kuchayishi va "tashvishlanish" holatlarini pasaytiradigan instrumentlarni ishlab chiqishga da’vat qildi.

Shunday instrumentlardan biri SNV-3 bo‘lishi mumkin edi va AQShda ushbu shartnomaning uzaytirilishi uchun faol ovoz berayotgan mutaxassislar yetarlicha bor, dedi Oliy iqtisod maktabi milliy tadqiqot universituti ilmiy rahbari o‘rinbosari, RFA akademigi, RF Xavfsizlik kengashining sobiq kotibi Andrey Kokoshin.

"Prezidentimiz yaqinda hozirda Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lgan (AQSh sobiq prezidenti Barak) Obama administratsiyasi vitse-prezidenti Jo Bayden bayonotini ham pozitiv baholadi. Baydenda ushbu shartnomaning uzaytirilishi borasidagi pozitsiyasi aniq yozilgan. Buyog‘i nima bo‘ladi, aytish qiyin. Ammo biz hozirda seytnot holatiga tushmoqdamiz. Eshiklar hozircha yopilgan emas, ammo bunda birinchi galda rossiya tomonining xizmati bor", – dedi Sputnik radiosi efirida ekspert.

Rossiya nega “Qiyomat kuni samolyotlari”ni yangilamoqda

Uning aytishicha, bugungi amerika hukumati aslini olganda strategik stabillik va global xavfsizlikni belgilab beruvchi kelishuvlar tizimini "demontaj" qilishga kirishgan.

Ma’lumot uchun: Rossiya va AQSh o‘rtasida 2010-yilda imzolangan SNV-3 shartnomasi mamlakatlar o‘rtasida harbiy qudratni cheklash bo‘yicha amalda bo‘lgan yagona bitimligicha qolmoqda.

Bitim muddati 2021-yilning fevralida tugaydi va hozircha uning uzaytirilishi noma’lumligicha qolmoqda.

Oq uy rahbari Donald Tramp Rossiya, Xitoy va AQSh o‘rtasida yangi uchtomonlama hujjatni ishlab chiqish rejasi haqida ko‘plab marotaba gapirgan. Pekin bu g‘oyani rad etdi.