RF fuqaroligini olish huquqiga ega bo‘lgan kasblar ro‘yxati kengaytiriladi

Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi mumkin bo‘lgan mutaxassisliklar ro‘yxati yangi kasblar bilan to‘ldiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Soddalashtirilgan tartibda Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olish huquqiga ega bo‘lgan mutaxassisliklar ro‘yxatini kengaytirish taklif qilindi.

O‘n to‘qqiz nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi

Rossiya Mehnat vazirligi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar - soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olish huquqiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarning kasblari, mutaxassisliklari va lavozimlari ro‘yxatini to‘ldirish taklif qildi.

Dushanba kuni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari federal portalida e’lon qilingan buyruq loyihasida qayd etilishicha: professorlar va dotsentlar soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishlari mumkin.