TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Yaqin haftalar ichida Markaziy Osiyo mintaqasida COVID-19 bilan kasallanish va o‘lim holati ko‘payishi kutilmoqda. Bu haqda JSSTning Tojikistondagi vakili Baxtigul Karriyeva ma’lum qildi.
“Yaqin haftalar ichida Markaziy Osiyo mintaqasida COVID-19 bilan yangi kasallanish holatlari va o‘lim soni oshishini taxmin qilyapmiz”, - dedi Karriyeva. Uning so‘zlaridan Sputnik Tojikiston iqtibos keltirgan.
JSST vakili agar odamlar muntazam ravishda muloqotda bo‘lishsa va kasallik katta yoshdagilar guruhiga o‘tsa, vaziyat keskin yomonlashishi mumkinligini ta’kidladi.
“Ishonchli epidemiologik modellar yordamida olingan prognozlar optimizmni uyg‘otmaydi. Bu modellarga ko‘ra, cheklovlarning davomli yumshatilishi 2021-yil yanvariga kelib sutkalik o‘lim ko‘rsatgichi aprelga qaraganda 4-5 marta yuqori bo‘lishi mumkinligiga olib kelishi mumkin”, -deya tushuntirdi mutaxassis.
JSST vakili eng oddiy choralar (masalan, niqob taqish) 2021-yil fevraliga kelib 200 mingdan ziyod insonlar hayotini qutqarib qolishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” aytildi
U qat’iy cheklovlar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yanada samaraliroq ekanini qayd edi.
Odamlar to‘planishining oldini olish, ijtimoiy masofaga rioya qilish, qo‘llarni toza tutish, virus yuqtirib olishda gumon qilinganlar, yuqtirib olganlarni yakkalash va ular bilan muloqot qilganlarni karantinga olish kundalik odatga aylanishi zarur, deya xulosa qildi Karriyeva.