AstraZeneca vaksinasi sinovlarida qatnashgan ko‘ngilli vafot etdi

Hujjatda "etik mulohazalar va maxfiylilik sabablari tufayli" o‘lim sabablari ochiqlanmagan, shuningdek, ko‘ngilli platsebo yoki faol preparat olganligi haqida ham ma’lumotlar keltirilmagan.
Sputnik

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Braziliya sog‘liqni nazorat qilish bo‘yicha milliy agentligi - Anvisa - Britaniya AstraZeneca kompaniyasi va Oksford universitetining koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlarida ishtirok etgan Braziliya fuqarosi vafot etganligi haqida xabar berdi.

Koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi sinovlari to‘xtatildi

Nazorat organi bayonoti G1 portalida e’lon qilingan.

Hujjatda "etik mulohazalar va maxfiylilik sabablari tufayli" o‘lim sabablari ochiqlanmagan, shuningdek, ko‘ngilli platsebo yoki faol preparat olganligi haqida ham ma’lumotlar keltirilmagan.

AstraZeneca G1ga vaksinani sinovdan o‘tkazgan ko‘ngilli o‘limi bo‘yicha rasmiy pozitsiyaga ega emasligi va ushbu ma’lumotga izoh bermasligini ma’lum qilgan.

Anvisa ma’lumotiga ko‘ra, vaksinalar sinovi xavfsizligini baholash bo‘yicha xalqaro qo‘mita ushbu hodisa bo‘yicha o‘tkazilgan tergov ishlaridan ayrim ma’lumotlarni taqdim etgan va sinovlarni davom ettirish taklifini ilgari surgan.

COVID-19ga qarshi kurash o‘rniga Rossiya vaksinasiga qarshi kurash ketmoqda

Braziliya OAVlari "xalqaro surishtiruv bilan bog‘liq manbalarga tayanib" xabar berishlaricha, COVID-19 asoratlaridan vafot etgan ko‘ngilli platsebo olgan.

Ushbu holatga Oksfordda izoh berishdi. Xususan, universitet rasmiy vakili vaksina xavfsizligini, uning sinovlari davom ettirilishini ma’lum qilgan.

"Ushbu masala Braziliyada sinchkovlik bilan o‘rganilgach, klinik sinovlar xavfsizligi borasida tashvish yuzaga kelmadi. Braziliya regulyatori xulosalariga qo‘shimcha ravishda o‘tkazilgan mustaqil surishtiruv ishlari sinovlarni davom ettirishni tavsiya etdi", - deyiladi bayonotda.