COVID-19ga qarshi kurash o‘rniga Rossiya vaksinasiga qarshi kurash ketmoqda

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya protiv grippa
Vaksinatsiya protiv grippa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘arbning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan vaksinalar birin-ketin muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan vaqtda - Rossiya vaksinasiga qarshi keskin kurash ketmoqda.

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. G‘arbda COVID-19ga qarshi kurash o‘rniga Rossiya vaksinasiga qarshi kurash ketmoqda, deydi Rossiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RFPI) direktori Kirill Dmitriyev CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Dmitriyev bir necha oydan buyon G‘arb Rossiyaga nisbatan bir birga qarama-qarshi mazmunda bo‘lgan turli ayblovlar aytib kelayotganini qayd etdi.

Xususan, dastlab “Rossiyada barcha milliarderlar emlandi” deb ayblashgan bo‘lsa, endi “Rossiyada barchani vaksina olishga majburlashmoqda” deb ayblashmoqda. Vaksina yaratishda qandaydir siyosiy bosim bo‘lgan bo‘lsa – bu G‘arb tomonidan amalga oshirilgan bosim bo‘ldi, - deydi - RFPI direktori.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiyada ishlab chiqilgan “Sputnik V” yakuniy bosqich klinik sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Vaksina 100 % immunitet berishi bilan birga, uning salbiy ta’siri qayd etilgani yo‘q.

G‘arb kompaniyalari tomonidan yaratilgan vaksinalar esa birin ketin muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda.

Xususan, Astra Zeneca kompaniyasi tomonidan yaratilgan vaksiyana sinov vaqtida jiddiy salbiy oqibatlari kuzatilgani tufayli to‘xtatilgan.

Bugun olingan xabarga ko‘ra, Johnson & Johnson kompaniyasi ham o‘z vaksinasi sinovlarini to‘xtatgan. Sinovda ishtirok etayotganlardan birida “noma’lum kasallik” qayd etilgan. Kompaniya bu borada batafsil izoh bermagan, lekin vaksina sinovlarini to‘xtatgan.

Pul bilan hal qilib bo‘lmaydigan ish – nega Amerika vaksinasiz qoldi?

 

Yangiliklar lentasi
0