Rossiyada rekord darajada COVID-19 bilan kasallanish qayd etildi

Rossiyada bir kunda 16 319 kishida virus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 1,4 milliondan oshib ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘tgan kun davomida Rossiyada 16 319 ta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu pandemiya boshlangan buyon rekord darajada kasallanishdir.  

Moskvada koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishi aytildi

Eng ko‘p kasallanish Moskva (4999), Sankt-Peterburg (693) va Moskva viloyatida (426) qayd etilgan.

Shu tariqa Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1,4 milliondan oshgan. Shulardan 1 085 608 nafari tuzalib ketgan. 24 635 kishi virus qurboniga aylangan.

Worldometers ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 40,7 milliondan ziyod kishi yangi koronavirus bilan kasallangan. Qurbonlar soni 1,1 milliondan oshgan. Eng ko‘p kasallanish AQSh (8,4 mln), Hindiston (7,5 mln), Braziliya (5,2 mln), Rossiya (1,4 mln) va Ispaniya (1 mln) va Argentinada (1 mln) qayd etilgan.