TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 217 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 588 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 97 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Bugunning o‘zida 195 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 59 624 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 2 444 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.
O‘zbekistonda jami 521 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Qo‘shimcha qatnov
Rossiyadan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 483/484-sonli poyezdning qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Poyezdlar Volgograd viloyatidagi "Voljskiy" stansiyasidan 15, 18, 22, 25, 28-oktabr kunlari, shuningdek, 1 va 2-noyabr kunlari soat 21:57da yo‘lga chiqadi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 39,2 milliondan oshdi, 1 million 102 mingdan ortiq kishi vafot etdi, 29,4 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (8,2 mln), Hindistonda (7,4 mln), Braziliyada (5,1 mln).