Yangicha yondashuv: O‘zbekistonda niqob taqmaganlar kamera yordamida aniqlanadi

Tajriba Farg‘ona viloyatidan boshlanadi. Fotosuratga olingan niqobsiz fuqaroning shaxsi maxsus baza orqali aniqlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Farg‘ona viloyatida 17-oktabrdan zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda niqob taqmagan qoidabuzarlar aniqlanadi. Bu haqda viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda ilk marotaba jamoat joylarida karantin qoidalariga amal qilmay, niqobsiz harakatlangan fuqarolarni video, fotofiksatsiya vositalari orqali aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.

O‘zbekistonda "maska rejimi" bekor qilingani yo‘q. Biroq ko‘pchilik niqobsiz ko‘chaga chiqmoqda

Fotosuratga olingan niqobsiz fuqaroning shaxsi maxsus baza orqali aniqlanib, IIO va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Ushbu bayonnoma fuqaroning yashash xonadoniga pochta orqali yuboriladi. 

COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” aytildi

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 25-martdan jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Ushbu harakatni sodir etgan shaxs 1 mln 115 ming so‘m miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.