TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri Sadir Japarov prezident Sooronbay Jeenbekov ularning birinchi kelishuviga binoan iste’foga chiqishi kerak deb hisoblaydi. U bu haqda Ala-Archa davlat qarorgohidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Men bugun prezident bilan uchrashuv o‘tkazmoqchiman. Xalq uning iste’foga chiqishini talab qilmoqda. Men biz birinchi kelishuvga qaytishimiz kerak deb hisoblayman, unga binoan Sooronbay Jeenbekov vaziyat barqarorlashgandan so‘ng iste’foga chiqadi. Bugun kechga qadar davlat rahbari bilan uchrashmoqchiman. U sobiq prezident maqomini saqlab qoladi”, - dedi Japarov. Uning so‘zlaridan Sputnik Qirg‘iziston iqtibos keltirgan.
14 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov nomzodini bir ovozdan bosh vazir lavozimiga tasdiqladi. Shuningdek, deputatlar hukumat tarkibi, tuzilishi va dasturini ma’qulladi. Respublika prezidenti Sooronbay Jeenbekov Japarov boshchiligidagi Hukumatning yangi tarkibini tayinlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
Qirg‘izistonda Jeenbekovga nisbatan impichment jarayoni boshlandi
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda qonunchilik barqaror topganidan so‘ng iste’foga chiqishga tayyor ekanini bildirgan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, hech qanday lavozim mamlakat butunligi va xalq tinchligini xavf ostiga qo‘yishga arzimaydi.