Qorabog‘ qopqoni – Armaniston va Ozabayjon unga qanday tushib qolishdi

Qorabog‘ mojarosining urushga aylanib ketishiga Armaniston va Ozarbayjonning ichki siyosati sabab bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT ,13 okt — Sputnik, Anton Lisisin. Armaniston va Ozarbayjon Moskvada o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi shartnomani imzolashganidan so‘ng ham Qorabog‘da o‘q ovozi tinmayapti. Tinchlikni buzgani uchun javobgarlikni Yerevan bilan Boku bir biriga to‘nkamoqda. Ikkala tomondan ham qurbonlar bo‘lmoqda va shu bilan birga tinchlik muzokalari ham olib borilmoqda. Ozarbayjon va Armaniston diplomatik o‘yinlari haqida RIA Novosti muxbiri.

Og‘ir janglar

Tog‘li Qorabog‘da 12-oktabrdan jangovar harakatlar yangi kuch bilan qaytadan boshlanib ketdi. Ozarbayjon armiyasi zarbalar berishni boshladi, dedi tan olinmagan Tog‘li-Qorabog‘ respublikasi prezidenti vakili Vagram Pogosan.

Tog‘li Qorabog‘ - jang maydonidan videolavha

“Armaniston armiyasi o‘zidan bir necha bor kuchli turk-ozarbayjon kuchlari bilan og‘ir janglar olib bormoqda. ularga Turkiya havo kuchlari, razvedkasi, yollanma jangarilari va terrorchilar yordam bermoqda”, - deb xabar tarqatdi Armaniston Mudofaa vaziri matbuot kotibi Arsrun Ovannisan.

“Yo‘qotgan hududlarni qaytarish uchun Armaniston qurolli kuchlari, o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvlarga qaramasdan kichik guruhlar yordamida bir necha bor Ozarbayjon armiyasi pozitsiyalariga hujum qilishga urinmoqda”, - deb xabar qildi Ozarbayjon mudofaa vazirligi.

Shuningdek Ozarbayjon kuchlari Gudrut shahrini qo‘lga kiritishgan. Armaniston esa bu shaharga shturmlar endi boshlandi, deb dezinformatsiya tarqatmoqda, - deb xabar qilmoqda Boku.

Diplomatiya kuchi yetmadi 

Jumadan shanbaga o‘tar kechasi 10 soat davom etgan muzokaralardan so‘ng Moskva Armaniston va Ozarbayjon o‘t ochishni bas qilish haqida shartnoma imzolashdi. Sergey Lavrov aytishiga qaraganda ushbu kelishuvga erishishda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikola Pashinyanlar katta hissa qo‘shgan.

Dunyoda Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga qanday munosabat bildirildi va kim "olovga yog‘ quymoqda"?

Ushbu shartnomada tomonlar 10-oktabr soat 12:00 dan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga, gumanitar maqsadlarda asirlar bilan almashishga va Xalqaro Qizil Xoch jamiyati qoidalariga asosan qurbonlar tanalarini olib ketishga kelishib olishgan. Janglarni to‘xtatish shartlari keyinroq muhokama qilinishi kerak edi.

Moskva muzokaralari natijalari OBSE boshchiligidagi Minsk guruhi kelishuvidan ko‘ra kattaroq muvaffaqiyat qozondi, deb xulosa qildi ozarbayjonlik siyosatchi ekspert Axmed Alili.

“OBSE Minskka faqat Ozarbayjon TIV rahbari Djeyxun Bayramovni olib kelgan bo‘lsa, Moskva ikkala vazirni ham muzokaralar stoliga o‘tqaza oldi va Minskdan initsiativani olib qo‘ydi”, - dedi Alili.

Siyosatchi, muzokaralar juda uzoq davom etganiga ishora qilgan holda, Moskvaning ushbu o‘rtakashligi oson kechmaganini ham qayd etdi.

Tog‘li Forabog‘da mojaro boshlanganidan buyon Boku va Yerevan bir-birini urush boshlashda ayblab kelishmoqda.

Tanqidlarga taym-aut

Rossiyalik siyosatchi Armen Asiriyan fikriga ko‘ra, Yerevanning muzokaralardagi pozitsiyasiga ichki siyosat ham ta’sir qilmoqda. Bugungi bosh vazir hukumat tepasiga kelganidan so‘ng Armaniston jamiyati ichida mojarolar keskinlashdi.

“Pashinyanning raqiblarining aksariyati urush boshlanganidan so‘ng uni tanqid qilmay qo‘yishdi. Buni o‘ziga xos Taym-aut deyish mumkin, lekin ayrimlar tanqid qilishda davom etishmoqda.

Aliyev Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyatga sharh berdi

Ozarbayjon rahbari Aliyev esa, ichki jamoatchilikning va tashqi kuchlarning agressiv bosimiga duch kelmoqda.

Qorabog‘ mojarosida ishtirok etayotgan tashqi kuchlar esa hozir diplomatik o‘yinlar uchun “katta eshik” ochilganini his qilishmoqda. Turkiya ushbu imkoniyatdan maksimal darajada foydalanib qolishni istaydi”, deb xulosa qildi Asiriyan.

Yana bir rossiyalik Kavkaz hududi bo‘yicha mutaxassis Nurali Gasimov fikriga ko‘ra Qorabog‘da hozir faol janglar bo‘layotgani yo‘q. Ikkala tomon ham o‘z joyidan turib o‘q uzmoqda. Janglar haqidagi xabarlar esa ikkala tomon uchun ham muzokaralarda yanada yaxshiroq pozitsiya egallash maqsadida tarqatilmoqda. Haqiqat - 3-4 kunda ma’lum bo‘ladi.

“Lekin, Gadrut haqidagi xabarlarga ishonsa bo‘ladi. Bu Qorabog‘ning muhim strategik nuqtasidir. U yerdan turib Shusha va Xo‘javend aholi punktlari yo‘llarini nazorat qilsa bo‘ladi. Kim Gadrutni qo‘lga kiritsa u butun Fizulin tumani ustidan nazoratni va operativ imkoniyatlarni qo‘lga kiritadi”, - deydi Gasimov

Qorabog‘ qopqoni 

Qorabog‘ mojarosi oldida diplomatiyaning kuchsizligi va uning urushga aylanib ketishiga sabab, bu  - ikkala davlatning ichki siyosatidir. Ozarbayjon uchun ham Armaniston uchun ham Qorabog‘  - qopqonga aylandi. Ushbu mojaroda raqib tomonga biroz bo‘lsada bo‘sh kelish – respublikalar aholisi tomonidan keskin kutib olinadi. Bunda har bir rahbarga “sotqin” yoki “dushman” degan nom olish juda oson.

Armaniston parlamenti Tog‘li Qorabog‘ respublikasini tan olish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Aliyev Ozarbayjonning birinchi prezidentlari - Elchibey va Mutalibovlarning taqdirini juda yaxshi biladi. Ular Qorabog‘ mojarosidagi mag‘lubiyati uchun o‘z kursilaridan mahrum bo‘lishgan edi. Bu o‘rinda iqtisodiy muammolar ham Qorabog‘ muammosidek muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan, - deydi mutaxassis.

Shu sababli Moskvadagi muzokaralardan oldin Aliyev Qorabog‘da endi vaziyat o‘zgardi, deb e’lon qilgan edi.

“Men status kvoni o‘zgartirdim. U yerda jang maydonida. Status-kvo endi yo‘q”, - dedi Ozarbayjon prezidenti o‘z fuqarolariga qarab.

Aliyev uchun bu ichki kurashdagi bir necha yilardan beri hal qilinmagan muammoning yechimi, o‘ziga xos g‘alabadir, - deydi Gasimov.

Lavrov Qorabog‘ bo‘yicha muzokaralar tiklanishini cho‘zmaslikka chaqirdi

Pashinyan bo‘lsa, o‘z fuqarolaridan ko‘plab tanqidlarni eshitishga majbur, chunki u hukumat boshiga kelganidan so‘ng Qorabog‘ borasida ko‘plab va’dalar bergan edi. Xususan, u tinchlik shartnomalarida kamida 3 tomon – Yerevan, Boku va Stepanakert ishtirokida tuzilishi kerak, degan edi. (Buning uchun Stepanakert boshqalar tomonidan tan olingan qandaydir rasmiy maqomga ega bo‘lishi kerak). Lekin hozirgi shartnomada faqat Armaniston va Ozarbayjon ishtirok etgan.

Bunday katta va’dalarni Pashinyan Armaniston ichki siyosatida muhim rolga ega bo‘lgan qorabog‘liklar klanining xayrixohligini olish maqsadida bergan.

Boku esa bunday qarashlardan yiroq. Ular muzokaralar formatini o‘zgartirishni istmmaydi. 1998-yildagi muzokaralarda Armaniston tomonidan Robert Kocharan ishtirok etgan edi. kelib chiqishi qorabog‘lik bo‘lgan ushbu siyosatchi o‘sha vaqtda barcha tomonga ma’qul edi.

Endi muammo yechimini tomonlar Minsk guruhi muzokaralari doirasida topishga harkat qilishsa kerak.