TOShKENT, 5 may — Sputnik, Gamlet Matevosan. Armaniston hukumati “Arsax respulikasini tan olish” haqidagi qonun loyihasini mamlakat parlamentiga yubordi, RIA Novosti xabariga asosan.
Undan tashqari hukumat parlamentning navbatdan tashqari sessiyasini chaqirishni e’lon qildi.
Qonun mualliflari – “Me’ros” muxolifat partiyasi rahbari Zarui Postandjan va Armaniston milliy kongressi deputati Grant Bagratandir.
“Me’ros” partiyasi 2009-yildan boshlab bir necha marta Qorbog‘ respublikasini tan olishni taklif qilgan edi, lekin ushbu taklif hukumat boshida bo‘lgan Respublikachilar partiyasi tomonidan doimo orqaga surilib kelayotgan edi. Armaniston Tashqi Ishlar vazirligi ham ushbu masala bo‘yicha qaror qabul qilishga hali erta va bunday qilish Ozarbayjon bilan o‘tkazilayotgan tinch muzokaralarga xalal berishi mumkin,- degan fikrni bildirgan edi.
Ushbu yilning aprelida Qorabog‘ mojarosining qayta boshlanishi bilan vaziyat o‘zgardi. Hozircha Qorabog‘da tinchlik, lekin tomonlar ba’zi-ba’zida bir-birini o‘t ochishda ayblamoqda.
Armaniston deputatlaring Tog‘li Qorabog‘ respubldikasini tan olish haqidagi ushbu tashabbusini – fitna (provokatsiya) deb qabul qilishmoqda.