TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Qirg‘izistonning yangi tayinlangan bosh vaziri - Sadir Japarov, ehtimol, Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishi mumkin, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.
Japarov matbuot-anjumanida Rossiya Qirg‘izistonning bosh strategik sherigi bo‘lib qolishini ma’lum qilgan.
"Rossiya bizning asosiy strategik sherigimiz va shundayligicha qoladi. Bizni ko‘p narsa bog‘lab turadi, xususan, geosiyosiy tomonlama ham", - degan yangi bosh vazir.
Navbatdan tashqari yig‘ilishda JK spikeri Miktibek Abdildayev iste’fo bergani ma’lum bo‘lgan, uning vazifasini spiker o‘rinbosari Mirlan Bakirov bajarishga kirishgan.
Japarov yig‘ilishda, deputatlar hukumat tarkibi, dasturi va tuzilmasini to‘liq tasdiqlashlari bilan iste’foga chiqishga roziligini bayon etganini aytgan.
Qonunga muvofiq, prezident iste’fosidan so‘ng mamlakat rahbari vazifasini bajaruvchisi funksiyalari bosh vazirga o‘tadi.
Qirg‘izistonda saylovlardan keyingi tartibsizliklar
Qirg‘izistonda to‘rtinchi oktabrda mamlakat parlamentiga saylovlar bo‘lib o‘tdi, uning yakunlariga ko‘ra, qonunchilik organiga saylov kampaniyasida ishtirok etgan 16 partiyalarning atigi 4tasi parlamentga saylanishga muvaffaq bo‘lgan.
MSQ ilk ma’lumotlari ommaviy protestlarni keltirib chiqardi, natijada poytaxt Bishkek va mamlakatning boshqa yirik shaharlarida tartibsizliklar avj oldi. Namoyishchilar parlament binosini egallashdi, sobiq prezident Almazbek Atambayev va uning bir qator tarafdorlarini hibsdan ozod qildilar.
Shunday bir sharoitda markaziy saylov qo‘mitasini tarqatib yuborish va yangi saylovlarni o‘tkazish qarori qabul qilindi, ammo bu qadam hozircha holatning barqarorlashuviga olib kelgani yo‘q.