TOShKENT, 7 okt — Sputnik. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Qirg‘izistonda sodir bo‘layotgan norozilik aksiyalaridan tashvishdaligini bildirib, qirg‘izistonliklarni muloqotga chorlagan. Bu haqda BMT Axborot markazi saytida e’lon qilingan bayonotda aytilgan.
Xabarda qayd etilishicha, tashkilot yuzaga kelgan vaziyatni tartibga solish bo‘yicha urinishlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.
"Antoniu Guterrish Qirg‘izistondagi 4 kotabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari munosabati bilan 5-oktabr kuni boshlangan protestlar bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Protestlar davomida bir kishi halok bo‘lgan, yuzdan ziyod insonlar jarohatlanganlar", - deyiladi bayonotda. Ushbu bayonotni bosh kotib nomidan uning matbuot-kotibi o‘qib eshittirgan.
O‘zbekiston TIV Qirg‘izistondagi voqealar yuzasidan tashvish bildirdi >>>
Qayd etilishicha, Bosh kotib bir kishining o‘limidan chuqur afsusdaligini bildirgan va voqealarning barcha ishtirokchilarini maksimal darajada bosiq bo‘lishga hamda zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.
U BMT vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday sa’y-harakatlarni, shu jumladan BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiyasi mintaqaviy markazi orqali qo‘llab-quvvatlashga tayyorligiga ishontirgan.