TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov kuch tuzilmalari yordamini yo‘qotdi, ehtimol, u yangi parlament saylovlarini e’lon qilishga va o‘z vakolatlarini topshirishga majbur bo‘ladi, deb hisoblaydi qozog‘istonlik siyosatshunos Marat Shibutov.
"Hammasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosi bosib olingach ro‘y berdi, kuch tuzilmalari qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatishgani oydinlashgan edi. Davlat - bu zo‘ravonlik apparatidir, kimda zo‘ravonlik ko‘proq bo‘lsa, o‘sha davlat bo‘ladi. Prezidentda ularni (miting ishtirokchilarini - tahr.) neytrallash bo‘yicha qandaydir imkoniyat qolmadi. Meni fikrimcha, u (yangi parlament saylovlarini - tahr.) e’lon qiladi va vakolatlarini topshiradi. Hozir unga hech kim bo‘ysunmayapti… Jeenbekovning siyosiy karyerasi yakun topdi", - dedi Shibutov RIA Novostiga.
Bishkekdagi voqealarni o‘tgan ommaviy siyosiy chiqishlar bilan taqqoslar ekan, siyosatshunos ushbu voyealar 2005-yildagi parlament saylovlaridan so‘ng ro‘y bergan voqealarga o‘xshashini ta’kidladi. Birgina farqi "prezident qochib ketmaganida". "…Bu yerda qamoqqa olingan sobiq prezident Almazbek Atambayev va sobiq bosh vazir Sapar Isakovni ozod qilish motivlari ham qo‘shildi", dedi agentlik suhbatdoshi.
Dushanba kuni Bishkekning markaziy Ala-Too maydonida respublika parlamentiga o‘ta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi. Ular parlament saylovlari yakunlarini bekor qilishni va takroriy ovoz berish o‘tkazilishi talabini ilgari surdilar. Dushanba kuni kechqurun mitingni tarqatishga urinish vaqtida norozilik aksiyasi namoyishchilari va kuch tuzilmalari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Seshanbaga o‘tar kechasi miting ishtirokchilari parlament va prezident administratsiyasi joy olgan Oq uy binosiga bostirib kirishdi. So‘ngra davlat xavfsizlik qo‘mitasi tomon yo‘l oldilar.
Ular mamlakatning sobiq prezidenti Almazbeka Atambayev va uning safdoshlarini qamoqdan ozod qilishga erishdilar. Seshanba kuni ertalab miting qatnashchilari hukumat binosini qo‘lga olishgani ma’lum bo‘ldi.
Atambayev ishida dalillarni yashirganlikda ayblanib sud qilingan Qirg‘iziston IIV sobiq rahbari Kursan Asanov o‘zini Bishkek komendanti, deya e’lon qildi.
Qirg‘izistonning sobiq deputati Almambet Shikmamatov bosh prokuror lavozimini egallaganini ma’lum qilib, parlamentga o‘tkazilgan saylovlar yakunlarini bekor qildi. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov parlament saylovlari yakunlari bekor qilinishi ehtimolini aytgan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 590 kishi jabrlandi, bir kishi jabrlangan. Bir nafari halok bo‘lgan.
Qirg‘iziston parlamentiga saylovlar 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Saylovda 56,5 foiz ovoz beruvchilar ishtirok etishdi. Ovoz berishning dastlabki yakunlariga ko‘ra, mamlakat parlamentiga to‘rtta: "Birimdik" ("Birlik", hukumat partiyasi) 24,52% foiz, "Mekenim Kirgizstan" ("Ona Qirg‘iziston", hukumat partiyasi) 23,89%, "Qirg‘iziston" 8,73% va "Butun Kirgizstan" ("Yagona Qirg‘iziston) partiyasi 7,11% ovoz bilan o‘tgan. Qolgan partiyalar o‘ta olmagan.