Rossiya qaysi davlatga birinchi bo‘lib yangi Su-57 qiruvchilari sotadi

Rossiyaning yuqori texnologiyali qurollari dunyo va xalqaro bozorni zabt etishda davom etmoqda. Rossiya Federatsiyasining harbiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi eng yirik sheriklaridan biri bo‘lgan - Jazoir 5-chi avlod Su-57 qiruvchisining birinchi xaridori bo‘lishga intilmoqda.
Sputnik

Amerikaning The Military Watch Magazine harbiy-tahliliy nashri xabar qildi: eskirgan “Mig”lar flotini almashtirish maqsadida Jazoir Rossiyada Su-57 qiruvchi samolyotlari va boshqa aviatexnikasiga buyurtma berdi. Bundan tashqari, yaqinda Rossiya harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati (FSVTC) direktori Dmitriy Shugayev Jazoirdagi hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazdi, tomonlar 14 ta Su-57E samolyotlarini yetkazib berish tafsilotlarini muhokama qildilar.

Amerika "ko‘rinmasi"ning yangi fojiasi: F-35 havoda o‘z zapravkachisini taran qildi

Avvalroq Jazoir O‘rta dengizning janubiy qirg‘og‘ida 5-chi avlod qiruvchilarining birinchi egasi bo‘lish niyatini bildirgandi. Jazoirning Menadefence harbiy yangiliklar sayti o‘tgan yilning dekabrida Jazoir tomoni Rossiyada ishlab chiqarilgan so‘nggi qiruvchi va bombardimonchi samolyotlarining bir nechta partiyalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolaganligi haqida xabar bergandi.

Prinsipial qaror 2019-yil yozida, Jazoir delegatsiyasining Rossiyaning MAKS aviakompaniyasiga tashrifidan so‘ng qabul qilindi. Yetkazib berishni 2025-yilga qadar yakunlash rejalashtirilgan va bu Jazoir havo kuchlariga bitta eskadrilya - Su-57, Su-35, MiG-29M2 (har biri 14 ta samolyotdan), shuningdek 2ta Su-30MKA qanoti va 14 ta Su-34 bombardimonchi samolyotlarini joylashtirishga imkon beradi.

Mintaqadagi qo‘shnilarining havo kuchlarini rejalashtirilgan mustahkamlash fonida (Marokash 25 ta F-16 qiruvchisini, Italiya esa F-35 “ko‘rinmas” samolyotlarini olishni rejalashtirmoqda), Jazoirning 5-chi avlod “ko‘rinmas” samolyotlarini sotib olishni istashi tushunarli holat. Rossiyada ishlab chiqarilgan boshqa ilg‘or qiruvchilar bilan birgalikda Su-57 ishonchli havo ustunligini ta’minlaydi.

Harbiy aviatsiya sohasidagi Jazoir-Rossiya shartnomalari miqdori, turli xil ma’lumotlarga ko‘ra, 2 milliarddan 6 milliard dollarni tashkil qiladi. Rossiyaning FSVTC kompaniyasi Su-57 samolyotining Jazoirga yetkazib berilishi haqidagi ma’lumotni rasman tasdiqlamadi yoki rad etmadi. Ammo olovsiz tutun bo‘lmaydi. Shunday qilib, VI Xalqaro “ARMIYa-2020” harbiy-texnik forumi doirasida FSVTC matbuot kotibi Mariya Vorobyeva Rossiyaning Su-57 qiruvchisini sotib olish uchun bir nechta mamlakatlarning rasmiy arizalarini e’lon qildi.

Rossiya "Pansiri" amerika dronlari bo‘ylab qaqshatkich zarba bermoqda

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyotlar va samolyot qurollari tufayli Jazoir havo kuchlari Afrika qit’asida eng rivojlangan, muvozanatli va qudratli hisoblanadi. Harbiy-havo kuchlarining dastagini 45 ta og‘ir Su-30MKA qiruvchisidan iborat (4+ avlod), ular uzoq masofali raketalar bilan havo va quruqlikdagi nishonlarga zarba  berishga qodir. X -31 qanotli raketalarini (tezligi Max 3 dan yuqori) foydalanishga qodir Su-30 qiruvchilarining, 4ta MiG-29 qiruvchisi eskadrilyasi va 36 ta Su-24M front-bombardimonchilarining jangovar qobiliyatlari katta ahamiyatga ega.

Ishonchli kafolatlar

Jazoirning Rossiya qurollarini tanlovi (osmon, quruqlik, dengiz) tasodifiy emas. Rossiyaning Su-57 qiruvchisi, har jihatdan xorijiy samolyotlardan ustun bo‘lib, reklamaga muhtoj emas. Jangovar vaziyatda o‘ta kichik ta’sirchan Su-57ni raqib RLTiga ko‘rinmas holga keltiradi (tarkibidagi kompozitsion materiallar yuzaning 70% va og‘irlikning 25% ni tashkil qiladi).

Su-57 "aqlli qoplama"si va asosiy radiolokatsion stansiya osmondagi hukmronlikni uch o‘lchovli tortish vektoriga ega  - noyob optik-elektron nishonni aniqlash tizimi va elektron shovqinlar xosil qilish tizimi ta’minlaydi.

Qorabog‘dagi mojaro - Rossiyani Kavkaz urushiga tortishga urinish

Rossiya qiruvchisi 400 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi havo va yerdagi nishonlarni aniqlay oladi, 62 ta obyektga kuzatuvga oladi va 14 turdagi qurolni olib yuradi (10 tonnalik arsenal 2ta ichki bo‘linmada joylashgan).

Su-57 o‘z vazniga nisbatan jangovar yukni ko‘rish rekord darajasiga ega, bu ko‘rsatkich bo‘yicha boshqa beshinchi avlod samolyotlari orasida uning tengi yo‘q. Jangovar radiusi - 5500 km, Suriyada vazifalarni bajarayotganda raketa qurollari muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Shartli bellashuvda Su-57 "ko‘rinmas" F-22   va F-35ni oldinroq aniqlash va yo‘q qilishga qodir. Bunga qo‘shimcha qilanadigan narsa yo‘q.

Shunga qaramay The Military Watch Magazine jurnali "inqilobiy texnologiyalar pioneri" - Su-57 qiruvchisi uchun maxsus ishlab chiqarilgan Rossiyaning yangi K-77 “havo-havo” raketasining imkoniyatlari haqida yozdi.

AQSh nima sababdan Su-57 qiruvchisining "yaxshilanishi"dan xavotirda

Nashr yozishicha, juda ixcham va xavfli K-77 raketasining nishonga olish masofasi 193 km. Bu Amerikaning eng yaxshi AIM-120D raketasidan (180 km) ko‘proq. Eng muhimi, yangi raketa uzoq masofani manevrlik va aniqlikni o‘zida mujassamlashtiradi.

K-77 texnologiyasi uzoq masofadagi kichik va harakatlanuvchi obyektlarni nishonlarga olishi mumkin. Raketa tumshug‘idagi murakkab radiolokatsion tizimi "ko‘rish maydoni" muammosini hal qilib, atrofini 360 darajada nishonga olishi mumkin. Hech bir raqim qiruvchisi qochib qutula olmaydi, K-77 "ko‘rish maydonidan" chiqib keta olmaydi. Su-57 ushbu raketalarning kamida 8tasini olib yurishga qodir, bu samolyotning boshqa ajoyib qobiliyatlariga sezilarli qo‘shimcha bo‘ladi. Go‘zallik va kuchning ajoyib kombinatsiyasi - bunday qurol egasiga tinchlik va xavfsizlikni kafolatlaydi.

Yaqinda FSVTC rahbari Dmitriy Shugayev harbiy-texnikaviy hamkorlik sohasida Rossiya qat’iy qonun va xalqaro majburiyatlari doirasida ishonchli sherik sifatida harakat qilishini ta’kidladi. 2020-yilda Rossiyaning buyurtma portfelini 55 milliard dollarga baholangani (MDH davlatlarining ulushi 2 milliard dollarni tashkil etadi) va bu "vazn" ni bir necha yillar davomida saqlab kelayotgani bejiz emas. Buyurtmalarning 45 foizga yaqini aviatsiya, uchdan bir qismi havo hujumidan mudofaa vositalari, 15 foizga yaqini quruqlikdagi texnika. Ehtimol, kelgusi yillarda harbiy havo kuchlari sektori yangicha Su-57 qiruvchisiga buyurtmalarni sezilarli darajada qo‘shishi mumkin.