G‘arb KQTT sobiq rahbarining “fosh qiluvchi faktlari”dan qo‘rqdi – Nebenzya

Kimoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining birinchi rahbari Joze Bustanining BMT Xavfsizlik Kengashida nutq so‘zlashiga ruxsat bermagan G‘arb davlatlari vakillari uning fosh qiluvchi faktlarni e’lon qilishidan qo‘rqishdi, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya.
Sputnik

Dushanba kuni Buyuk Britaniya, Belgiya, Estoniya, Fransiya, Germaniya va AQSh Bustanining BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqiga qarshi ovoz berdi, bunga uning Suriya kimoviy ish bilan shug‘ullanish boshlanishidan oldin tashkilotni tark etganini sabab sifatida ko‘rsatildi.

Rossiya Suriyadagi kimoviy qurolga oid yangi provokatsiya haqida ogohlantirdi

Jose Bustani 1997-2002 yillarda Kimoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (OZXO)ga rahbarlik qildi. Uning lavozimdan ketishi muddatidan oldin bo‘lgan va Vashington tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Shu o‘rinda Bustani Iroqni OZXOga qo‘shilishga taklif qilgandan so‘ng, AQSh uning ishidan noroziligini bildirdi. Kuzatuvchilarning fikriga ko‘ra, Bag‘dodning ushbu tashkilotga a’zoligi AQShning Saddam Huseynni ag‘darish rejalariga xalaqit berishi mumkin edi.

Natijada OZXO sobiq rahbarining bayonotini Nebenzya o‘qib eshittirdi.

"Men Rossiya Federatsiyasi nomidan gapirganimda, ular BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishi uchun taklif qilingan birorta ma’ruzachini Rossiya blokirovka qilgani eslay olmasligini aytdim, - va bu ularning ba’zilari noxolis bo‘lishiga qaramay, ba’zilari siyosiy maqsadlarda foydalanilgan, ayrimlari esa shunchaki yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lmagan. Biroq biz bunday hech qachon qilmaganmiz", - dedi doimiy vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni shunga o‘xshash hodisa sodir bo‘ldi.

"Bugun ular “Arria formulasi"ga binoan yig‘ilish paytida, ma’ruzachilarning so‘zlariga javoban hech narsa deya olmaydilar bo‘lgani kabi, fosh bo‘lishlaridan qo‘rqib, ular tomonidan ochiqdan-ochiq suiste’mol qilishdi", - deb ta’kidladi doimiy vakil.

O‘tgan haftada Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining norasmiy yig‘ilishini tashkil qildi ("Arria formulasi" deb nomlangan), unda Kimoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining sobiq inspektori Yan Xenderson so‘zga chiqdi. Bir paytlar u Suriya Dumasida yuz bergan voqeaning rasmiy versiyasiga rozi bo‘lmagan.

Rossiya AQShni kimoviy quroldan voz kechishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik Kengashining norasmiy yig‘ilishida Xenderson 2018-yil aprel oyida Dumada sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha tergov natijalari bo‘yicha OZXO hisobotining yakuniy versiyasi Suriyadan tashqarida bo‘lgan odamlar tomonidan yozilganligini, shuning uchun taqdim etilgan xulosalar "haqiqiy vaziyatni aks ettirmasligi" mumkinligini ta’kidladi.

Ma’ruzachilarning asosli dalillariga, shu jumladan sun’iy yo‘ldosh yordamida olingan tasvirlari taqdimotiga javoban AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya vakillari Suriya va Rossiyaga qarshi takroran ayblovlarni e’lon qilishdi.

"Menimcha, ular bugungi kunda Kimoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha tashkilotning sobiq bosh direktori Jose Bustani yig‘ilishda fosh qiluvchi faktlarni aytishidan juda qo‘rqishgan, shuning uchun ular uni (Bustani ishtirokidan. – tahr.) shunchaki rad qilishni tanladilar", - dedi Nebenzya dushanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishidan so‘ng.

G‘arb vakillari OZXO sobiq bosh direktori o‘rniga amaldagi - Fernando Ariasni taklif qilishlari kerakligini aytishdi, ammo Rossiyaning doimiy vakili Xavfsizlik Kengashining Suriyadagi kimoviy ishi bo‘yicha o‘tgan yig‘ilishlaridan birida Moskva Ariasni ochiq formatda tinglashni taklif qilganini eslatdi. Xavfsizlik Kengashi bo‘yicha sheriklar o‘z navbatida, uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tishini istashdi.

Rossiya Suriyada soxta kimoviy hujum uyushtirilganini isbotladi

Nebenzya Kimoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining amaldagi rahbari nihoyat Xavfsizlik Kengashi oldida ochiq chiqish qilishiga umid bildirdi.

G‘arb Damashqni Suriyaning Sharqiy Gutadagi Duma shahriga kimoviy hujumda ayblashda davom etmoqda. "Oq kaskalar" tashkiloti kadrlarni dalil sifatida ishlatgan, ularning bir qismi sahnalashtirilgan bo‘lib chiqqan.

Rossiya va Suriya hukumati bir necha marotaba OZXOni Suriyadagi voqealarni noxolis tekshirishda ayblagan va tashkilotning texnik kotibiyati xulosalarini shubha ostiga qo‘ygan. Damashq hech qachon tinch aholi va terrorchilarga qarshi kimoviy qurol ishlatmaganligini va mamlakatning butun kimoviy arsenali OZXO nazorati ostida Suriyadan olib chiqilganligini ta’kidladi.