YeI mamlakatlari Belarus muxolifatini qo‘llashdan nima manfaat ko‘radi - ekspert fikri

Siyosatshunos, RF jamoatchilik palatasi a’zosi Sergey Markov Yevroittifoq Belarusga nisbatan qanday o‘yin qo‘llayotgani va bu Rossiya bilan qanday bog‘liqligini tushuntirdi
Sputnik

Yaqinda Vilnyusda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

AQSh Lukashenkoni prezident sifatida tan olmadi, Turkmaniston esa tabrik yo‘lladi

Tixanovskayaning aytishicha, fransuz yetakchisi "belaruslarni erkinlik uchun kurashda qo‘llab-quvvatlaydi va mamlakatdagi siyosiy inqirozni bartaraf etishda yordam berish uchun barcha ishni amalga oshirishga va’da bergan".

Germaniya kansleri Angela Merkel ham shunga o‘xshash pozitsiyani egalladi. Merkel Belarus saylovlari natijalarini tan olmasligini ma’lum qildi va Tixanovskaya bilan uchrashish istagini bildirdi.

Belarusdagi to‘ntarishga umid bog‘lab va Svetlana Tixanovskayani qo‘llab-quvvatlab, YeI mamlakatlari yetakchilari "amerika kun tartibi bo‘yicha harakatlanishmoqda", deb hisoblaydi siyosatshunos Sergey Markov.

Ishonchdan chiqdi: Makron nega Putin bilan suhbatini matbuotga sizdirdi

Uning ta’kidlashicha, bularning barchasi - Rossiyaga bosim o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotganini payqash qiyinmas.

"Nega Merkel va Makron Rossiya bilan muloqotni tobora yaxshilash g‘oyasiga xoinlik qilib, kuch ssenariysi, xususan, Belarusdagi to‘ntarishni qo‘llab-quvvatlash va Navalniy zaharlanishi voqeasidan foydalanib Kremlni rasvo qilib ko‘rsatishga umid bog‘lashmoqda? Bu Merkel va Makronning dahshatli xatosidir va ozod Yevropa g‘oyasiga xoinlik qilish YeIdagi xavfsizlik va taraqqiyotning barbod bo‘lishiga olib keladi", - deya qayd etdi Markov.

Ekspertning to‘liq izohini radiopodkastda rus tilida tinglang.

YeI mamlakatlari Belarus muxolifatini qo‘llashdan nima manfaat ko‘radi - ekspert fikri