Britaniya va Kanada Lukashenkoga qarshi sanksiya kiritdi

Britaniyalik diplomatlarning qayd etishicha, restriksiyalar "Belarusda inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga aloqador" bo‘lganlarga nisbatan joriy etiladi
Sputnik

TOShKENT, 29 sen — Sputnik, Mariya Tabak. Buyuk Britaniya va Kanada Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, uning o‘g‘li Viktor va mamlakatning bir nechta yuqori martabali hukumat a’zolariga qarshi sanksiyalarni kiritdilar, deb xabar bermoqda britaniya TIV.

Lukashenko 5-noyabrdan prezident sifatida tan olinmaydi - Yevroparlament

Cheklov choralari Birlashgan Qirollikka kirish va sakkiz kishiga nisbatan, xususan, Lukashenkoning o‘zi, uning o‘g‘li, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Viktor Lukashenkoga, prezident arministratsiyasi rahbari Igor Sergeyenkoning, ichki ishlar vaziri Yuriy Karayev, ichki ishlar vaziri o‘rinbosarlari Aleksandr Barsukov va Yuriy Nazarenko, IIV ichki qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari Xazalbek Atabekov va Maxsus politsiya minsk bo‘linmasi rahbari Dmitriy Balabilarning aktivlarini muzlatishni ko‘zda tutadi. 

Britaniyalik diplomatlarning qayd etishicha, restriksiyalar "Bularusda inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga aloqador" bo‘lganlarga nisbatan joriy etiladi.

"Dunyo hamjamiyatining ko‘plab da’vatlariga qaramay, Aleksandr Lukashenko shafqatsiz repressiyalarni kuchaytirgan oppozitsiya bilan muloqotga kirishishdan bosh tortdi", — deyiladi Buyuk Britaniyaning Rossiyadagi elchixonasi xabarida.

O‘zi pishirgan oshni o‘zi yesin - YeI va AQSh Polshaga Lukashenkoni yengishda yordam bermaydi

London cheklovlarni joriy yil iyul oyida kuchga kirgan "inson huquqlarini poymol etganligi uchun sanksiyalarning britan rejimi" (Global Human Rights Sanctions Regime) doirasida qo‘llagan.

"Buyuk Britaniya mustaqil sanksiyalar rejimi inson huquqlarini jiddiy ravishda buzadiganlarga Buyuk Britaniyaga sayohat qilishni, britan banklari orqali pul o‘tkazishni yoki Buyuk Britaniya iqtisodiyotidan biron bir foyda olishni taqiqlashga imkon beradi", - deya aniqlik kiritgan diplomatik vakolatxona.

Belarusdagi voqealar

Belarusdagi ommaviy noroziliklar 9-avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko g‘alaba qozongach boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, u 80,1 % ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya g‘alaba qozondi deb hisoblaydi. Tixanovskayaning o‘zi mamlakatni tark etishga qaror qildi va Litvaga yo‘l oldi.

AQSh Lukashenkoni prezident sifatida tan olmadi, Turkmaniston esa tabrik yo‘lladi

Aksiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan ko‘z yosh chiqaruvchi gaz, vodomot, shovqin granatalari, rezina o‘qlarni ishlatishgan. So‘ngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni to‘xtatishdi.

Lukashenko AQShni Belarusdagi noroziliklarni tashkil etganlikda aybladi. Prezidentning aytishicha, yevropa mamlakatlari Vashingtonga yon bosmoqda va hammasini "aytilganidek bajarishmoqda". Belarus yetakchisining so‘ziga ko‘ra, G‘arb Minskni Moskvaga qarshi qayramoqchi.

23 sentabr kuni Lukashenkoning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tgach, bu yangi norozilik aksiyalarini yuzaga keltirdi, aksiyalar ishtirokchilari kuch metodlari va vodomotlar yordamida tarqatildi.