Navalniy kasalxonadan chiqarildi

Germaniyaning "Sharite" statsionar klinikasi mutaxassislariga ko‘ra, bloger Navalniyning to‘liq tuzalib ketishiga umid bor
Sputnik

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Aleksey Navalniy  seshanba kuni Berlinning statsionar "Sharite" klinikasidan chiqarildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Yevroparlament Navalniy ishi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

"Bemor holati shu darajada yaxshilandiki, tez tibbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatish mumkin. Aleksey Navalniy "Sharite"da 32 kun davolandi, shundan 24 kuni — jonlantirish bo‘limida kechdi", — deyiladi tibbiy muassasa bayonotida.

"Sharite"da ta’kidlanishicha, davolovchi shifokorlar Navalniyning to‘liq tuzalib ketishiga ishonch bildirishmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, hozircha "zaharlanishning keyinroq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir asoratlari" borasida fikr bildirishning imkoni yo‘q.

Aleksey Navalniy bilan bog‘liq hodisa

Joriy yil 20-avgust kuni bortida Navalniy bo‘lgan samolyot Tomskdan Moskvaga uchayotgan mahalda shoshilinch tarzda Omskda qo‘ndi. Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi parvoz vaqtida o‘zini yomon his qilgan, samolyot qo‘ngach, uni Omskdagi №1 tez tibbiy yordam kasalxonasiga jonlantirish bo‘limiga yotqizishgan.

Germaniya Aleksey Navalniyni jim turishga majbur qiladi

Rossiyalik shifokorlar bemor peshobi va qonida zaharli moddalarni aniqlashmagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, asosiy ishchi tashxis - qonda qand miqdorining keskin pasayishiga sabab bo‘lgan moddalar almashinuvi buzilishidir. Oradan ikki kun o‘tgach, shifokorlar bemorning yaqinlari talabiga ko‘ra, Navalniyni Germaniyaga davolashga olib ketishga qaror qiladilar (avvaliga konsilium uni transportabel emas, deya topgan edi). O‘sha vaqtdan boshlab KQF asoschisi berlinning "Sharite" klinikasida davolanayotgan edi.

GFR hukumati rossiyalikni "Novichok" jangovar moddasi guruhiga mansub substansiya bilan zaharlashgani haqida bayonot berishdi. Mamlakat vazirlar mahkamasi ma’lumotlariga ko‘ra, nemis ekspertlari xulosalarini Shvetsiya va Fransiyadagi laboratoriyalar ham tasdiqlashgan. Moskva tahlillar xulosalari bo‘yicha to‘liqroq ma’lumotni taqdim etish iltimosini yo‘lladi, ammo javob kelmadi.

Navalniyning komadan so‘ng birinchi fotosi paydo bo‘ldi

Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisining ahvoli yaxshilangani haqida 7-sentabr kuni xabar berilgan edi. Shifokorlar uni koma holatidan chiqarishdi va IVL apparatidan uzishdi.

Tez orada Navalniyning Instagramdagi rasmiy akkauntida, u kasalxonaga yotqizilgach, sheriklari darhol advokat chaqirtirishgani va Tomskdagi Xander Hotel (KQFning butun jamoasi shu mehmonxonada to‘xtagan bo‘lgan) nomerida bo‘lgan narsalarni ro‘yxatdan o‘tkazishgani haqida ma’lumot taqdim etildi.

"Bu urush": Berlin va Varshavaning Navalniy bo‘yicha qiziq suhbati e’lon qilindi

Aniqlangan narsalar xatlangan va keyingi o‘rganish uchun tergovga taqdim etilgan.

Postda aytilishicha, natijada suv idishlarida nemis mutaxassislari tomonidan "Novichok" izlari topilgan.

Shu bilan birga, BND - germaniya razvedkasining 1990-yillardan boshlab ushbu moddadan foydalana olgani ma’lum. Ushbu modda, shuningdek, 20ta g‘arb davlatlari, xususan, Buyuk Britaniya, AQSh, Shvetsiya, Chexiya tomonidan o‘rganilgan. Rossiya, 1992-yildagi prezident farmoniga binoan kimoviy qurol sohasida ishlanmalarni to‘xtatgan, 2017-yilda esa bu singari moddalarning barcha zaxirasini yo‘q qilgan, bu holat OZXO tomonidan tasdiqlangan.