Karantindagi to‘y: avgust oyida qaysi viloyat yoshlari ko‘proq oila qurdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida respublika bo‘yicha eng ko‘p nikoh 5035 ta qayd bilan Farg‘ona viloyatida kuzatildi.
Sputnik

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Joriy yilning avgust oyida respublika bo‘yicha eng ko‘p nikoh 5035 ta qayd bilan Farg‘ona viloyatida kuzatildi.

O‘zbekistonda 30 kishilik to‘y o‘tkazish talabini doimiy saqlab qolish taklif qilinmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning 8 oyida respublika bo‘yicha 138 646 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 973 taga kam.

Joriy yilning 8 oyida FHDYo organlarida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Farg‘ona – 15611 ta, Samarqand – 14282 ta, Qashqadaryo – 14261 ta, Andijon – 13029 ta va 13011 ta bilan Toshkent viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.

Respublika bo‘yicha 8 oyda eng kam nikoh holatlari Navoiy (4320 ta) viloyatida qayd etilgan.