BAA aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berildi

Airbus-320-214 havo kemalarida parvozlar Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishlarida amalga oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. BAAning “Air Arabia Abu Dhabi LLC” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekiston 1-oktabrdan o‘z chegaralarini to‘liq ochmoqda

O‘zbekiston  va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida  imzolangan Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan "“Air Arabia Abu Dhabi LLC”  kompaniyasiga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

Airbus-320-214  havo kemalarida  parvozlar Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishlarida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 4 sentabrdan BAA bilan muntazam parvozlarni qayta tiklagan edi.