O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi pastladi

Yangi kasallanish holatlarining 158 nafari Toshkent shahrida aniqlangan. Qurbonlar soni 423 nafarga yetdi
Sputnik

TOShKENT, 19 sen - Sputnik. O‘zbekistonda soat 10.00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 50 634 nafarni tashkil qilmoqda, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

30 milliondan oshib ketdi. COVID bo‘yicha jahon statistikasi yangilandi

Yangi kasallanish holatlarining 158 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.

Shuningdek, Andijon viloyatida -21, Xorazm viloyatida - 16, Jizzax viloyatida - 15, Toshkent viloyatida - 13, Samarqand viloyatida -10, Qashqadaryo viloyatida - 8, Surxondaryo viloyatida - 7, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 5 hamda Farg‘ona viloyatida 3 nafar koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan.

O‘rtachirchiq tumanida 60 yoshli ayol hamda Yunusobod tumanida 63 yoshli ayol koronavirus oqibatida vafot etishgan. Qurbonlar soni 423 nafarga yetdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 46 645 (92 foiz) koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.