Uzbekistan Airways Qozog‘istonga borayotganlarga muhim eslatma bilan chiqdi

PSR usuli bilan COVID-19ga manfiy natijali ma’lumotnomani olish uchun, O‘zbekistonda parvozdan kamida 4 kun oldin tibbiyot muassasasiga murojaat qilinishi tavsiya etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 19 sen - Sputnik. Uzbekistan Airways Qozog‘istonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga muhim eslatma bilan chiqdi.

O‘zbekiston 1-oktabrdan o‘z chegaralarini to‘liq ochmoqda

Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston Respublikasiga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga qo‘yilgan yangilangan talablar 19-sentabrdan kiritiladi.

Aeroportda parvozga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida bahsli vaziyatlarning oldini olish maqsadida, PSR usuli bilan COVID-19ga manfiy natijali ma’lumotnomani olish uchun, O‘zbekiston Respublikasining tibbiyot muassasalariga vaqtida (parvozdan kamida 4 kun oldin) murojaat qilinishi tavsiya etiladi.

Ma’lumotnoma ingliz yoki rus tillarida bo‘lishi lozimligi belgilangan.

Aqtau va Urganch o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi >>>

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston 11-sentabrdan muntazam parvozlarni rasman qayta tiklagan edi.