TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Rossiya 21-sentabrdan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus bilan avia-qatnovlarni qayta tiklamoqda, deb ma’lum qildi jurnalistlarga koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish tezkor shtabi vakili.
"Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, 21-sentabrdan Qozog‘iston (Nur-Sulton), Qirg‘iziston (Bishkek) va Belarus (Minsk) bilan o‘zaro kelishuv asosida xalqaro avia-qatnovlarni qayta tiklash qarori qabul qilindi", - deyiladi xabarda.
Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan davlatlarga reyslar o‘zarolik asosida haftada bir marta amalga oshiriladi, deya aniqlik kiritishdi shtabda.
Bundan tashqari, shtab 27-sentabrdan Janubiy Koreya bilan aviaqatnovlar qayta tiklanayotgani haqida xabar berdi. Koreya Respublikasi bilan ham reyslar haftasiga bir marta amalga oshiriladi.