TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Bosh prokuratura matbuot-xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qashqadaryo viloyatida maktab direktori o‘z joniga qasd qilganligi, vafotidan oldin xat yozib qoldirganligi haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot e’lon qildi.
Maktubda keltirilishicha, direktor suiqasd oldidan xat yozgan va unda barcha hamkasblaridan korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikni o‘tinib so‘ragan.
"Hozirda mazkur holat yuzasidan Kitob tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, tekshirishda marhumning yaqin qarindoshlari murdani sud-tibbiyot ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazmaslik maqsadida yurak hurujidan vafot etgani vaji bilan jasadni ko‘mib yuborishganligi aniqlangan.
Hozirda tuman xalq ta’limi, ichki ishlar bo‘limlari hamda maxalla va oilani qo‘llab-quvvatlash markazi tuman bo‘limining mutasaddi xodimlari harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Tekshirish harakatlari davom etmoqda.