Toshkentda pul uchun bir fuqaro o‘ldirilib, murdasi burdalab tashlandi - video

© Sputnik / Kirill KallinikovNoj v ruke mujchini
Noj v ruke mujchini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
7 may kuni Toshkent shahrida 31 yoshli erkak vahshiylarcha o‘ldirilib ketilgan. Poytaxt prokuraturasi qotillik tafsilotlarini ochiqladi.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Toshkent shahar prokuraturasi Toshkent shahrida vahshiylarcha o‘ldirilib, murdasi burdalab tashlangan fuqaro ishiga oid videolavha tayyorladi.

Ma’lum qilinishicha, 8-may kuni tong Uchtepa tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga fuqaro 31 yoshli o‘g‘li R.R. 7-may kuni o‘z ishlari bilan uydan chiqib ketib hozirga qadar qaytib kelmaganini ma’lum qilgan.

Aniqlanishicha, R. Yunusobod tumanida yashovchi 30 yoshli J. ismli fuqaro bilan avvaldan tanishligi, J. R.dan 2020-yil yanvar oyida Spark rusumli avtomobilni oylik to‘lab berish sharti bilan olganligi, ikki oy mobaynida pullarni to‘lab bermagani uchun R. avtomobilni qaytarib olgani tufayli J.da R.ga nisbatan adovat paydo bo‘lgan.

Surishtiruvlar davomida, 7-may kuni 14:30 lar atrofida R. ana o‘sha tanishi J.ning uyiga borganligi aniqlangan. A.J. oldindan M. va S. ismli jinoiy sheriklari bilan til biriktirib R.R.ni Yunusobod tumanidagi yashash manziliga olib kelish rejasini qilib, undan keyin S. ismli tanishi orqali Yunusoboddagi yashash manziliga olib kirishga erishgan.

Jabrlanuvchi o‘sha manzilgan kelganida jinoyatchilar unga tashlangan va avvaliga kaltaklashgan.

“Mendan maqsading nima deb so‘radi. Maqsad pul dedim. Shundan so‘ng, xotiniga telefon qilib 29 ming dollar bor, hozir Muzaffar degan akam boradi berib yuborasan dedi. So‘ng pulni oldim. Keyin u menga kerakli joylarga arz qilaman dedi. Men qo‘rqdim. Uni tirsagim bilan urdim. Qo‘limda “bita“ bor edi, unda urib tashladim yuziga. So‘ng boshini ko‘tarsam ko‘tarmayapti. Keyin o‘lib qolganini bildim. avval ko‘tara olmadim. Keyin tanasini maydalab ko‘mdim“, - deydi o‘z ko‘rsatmasida J.

Hozirda J.ga nisbatan JKning 97-modda  2 qismi (Tamagirlik niyatida qasddan odam o‘ldirish) va 164 moddasi va 3 qismi (Badanga og‘ir shikast yetkazgan holda bosqinchilik sodir etish) bilan jinoyat ishi ochilgan. M. va S.ga nisbatan esa faqat JKning 164 moddasi 3 qismi bilan jinoyat ishi ochilib, ayblov e’lon qilingan.

Ularga nisbatan qamoqqa olinish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Yangiliklar lentasi
0