Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning 26 ta varianti ishlab chiqilmoqda

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning 26 ta varianti ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning 26 ta varianti ishlab chiqilmoqda. Bu haqda  Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiya fanlar akademiyasi rayosati yig‘ilishida ma’lum qildi.

Qirg‘iziston Rossiya bilan vaksina yetkazib berishga doir muzokara olib bormoqda

“Dunyoda 36 ta vaksina klinik sinovlar bosqichida, 92 ta preparat klinikka qadar sinovdan o‘tmoqda, Rossiyada 17 ta ilmiy tashkilotlarda vaksinaning 26 ta varianti ishlab chiqilmoqda”, - dedi u. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina dunyoda birinchi bo‘lib 11 avgust kuni ro‘yxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi.  8 sentabr kuni u keng muomalaga chiqarildi. 9 sentrabr kuni esa u bilan Moskvada ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi.