COVID-19: O‘zbekistonda qurbonlar soni 390 nafarga yetdi

O‘zbekistonda so‘nggi yetti soat ichida koronavirusga chalingan yana ikki bemor hayotdan ko‘z yumdi. Ularning har ikkisi poytaxtlik.
Sputnik

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekistonda yana ikki nafar koronavirusga chalingan fuqaro vafot etdi. Ularning umumiy soni 390 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar 47 mingdan oshdi

“Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 82 yoshli P.X. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 48 yoshli S.X. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi”, - deyilgan xabarda.

13 sentabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 47 287 (+245) taga yetgan.

Yangi kasallanganlarning  231 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari esa Toshkent viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 43 866 (+355) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 031 nafar davolanmoqda.