Tramp Iroq va Afg‘onistondagi qo‘shinlarni qisqartirishga qaror qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Iroq va Afg‘onistondagi harbiy qo‘shinlar soni qisqartirilishini e’lon qilishi kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Iroq va Afg‘onistondagi harbiy qo‘shinlar soni qisqartirilishini e’lon qiladi. Bu haqda AQSh ma’muriyatining yuqori mansabdori jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Qo‘lda qurol bilan uy-uyiga tarqalishdi". AQShning iroq kampaniyasi yutuqlari va xatolari

“Vakil ma’lum qildiki, ertaga Iroqdan qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risida e’lon qilinishi kutilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, yaqin kunlarda Afg‘onistonga oid yana bitta e’lon bo‘ladi.

Tramp AQSh Afg‘onistondagi kontingentini qisqartirishini ma’lum qildi

Undan oldingi prezidentlar boshlagan Iroq va Afg‘onistondagi urushlarga barham berish Trampning saylovoldi dasturidagi asosiy va’dalardan biri edi.