TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Fransiyaning Liburn shahrida 80 yoshli erkak elektr pashsha o‘ldirgich yordamida hasharotni o‘ldirishga urinib, uyini portlatib yubordi. Bu haqda “The Mirror” nashri xabar qilmoqda.
Hodisa qariya tushlik qilishga chog‘langan vaqtda ro‘y bergan. U hasharotning vizillaganini eshitgan va undan xalos bo‘lish uchun qo‘liga elektr pashsha o‘ldirgichni olgan. Bu orada uyda gaz ballonidan gaz sizib chiqayotgan bo‘lgan. Elektr uskunadan chiqqan uchqun gazning portlashiga olib kelgan. Oqibatda oshxona va uyning bir qismi butunlay vayron bo‘lgan.
Qo‘llari kuygan erkak kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda uning uyi ta’mirlanmoqda.