SSV: koronavirus bemorlarining 366 nafari og‘ir, 198 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda

O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 345 nafarga yetdi. Bemorlarning 94 foizi kasallikni yengishga muvaffaq bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan tun davomida yana 106 kishida koronavirus aniqlandi. Bemorlarning umumiy soni 43 478 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 100 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Sentabr oxirida koronavirus bilan yoppasiga bemorlanish boshlanishi mumkin - Boronov

Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli S.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 54 yoshli T.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 345 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 40 880 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 251 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 366 nafari og‘ir, 198 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.