TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisini 2020-yil 11-sentabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi:
- "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi;
- "Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida"gi;
- "Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida"gi;senat
- "Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi;
- "Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi;
- "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi.
Shu bilan birga, moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.