TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi O‘zbekistonga YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini taqdim etish masalasini ko‘rib chiqdi, deb xabar qilmoqda YeIK matbuot-xizmati.
YeIK kengashi yig‘ilishi 4-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Kengash a’zolari Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining O‘zbekistonga YeOII qoshida kuzatuvchi-davlat maqomini berish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ko‘rib chiqdilar. Yakuniy qaror ittifoq davlatlari rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Sal oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoga mamlakatga kuzatuvchi-maqomini taqdim etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish iltimosi bilan murojaat qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Oliy Majlis senati O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomida ishtirok etish qarorini tasdiqlagan edi.
O‘zbekiston so‘nggi yillarda YeOII davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. 2016-2019-yy respublikaning ittifoq davlatlari bilan o‘zaro tovar aylanmasi 60 foizga — ya’ni 8,4 milliard dollarga oshdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo ulushi 30 foizni tashkil etadi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish hajmi esa 75 foizdan oshgan.
YeOII to‘g‘risidagi Shartnomaning 109-moddasiga muvofiq, kuzatuvchi davlat vakillari, qaror qabul qilish huquqisiz Ittifoq organlari yig‘ilishlarida taklifnoma asosida qatnashishlari va maxfiy xarakterga ega bo‘lmagan qabul qilingan hujjatlarni olish huquqiga egadirlar.