Sentabr oxirida koronavirus bilan yoppasiga bemorlanish boshlanishi mumkin - Boronov

Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, kafe va restoranlar egalari, jarimalarni to‘lab, qoidabuzarliklar bilan ishlashda davom etishmoqda. Bu esa fuqarolarning ommaviy infeksiyalanishiga olib kelishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Qirg‘izistonliklarning o‘z sog‘lig‘iga yuzaki munosabati tufayli mamlakatda sentabr oxirida koronavirus bilan yoppasiga kasallanish holatlari yana boshlanishi mumkin, dedi Qirg‘iziston bosh vaziri Kubatbek Boronov respublika shtabi kengashida.

Tetik, sog‘lom va faol: Rossiyaning koronavirus vaksinasi keksalarda sinovdan o‘tdi

"Mutaxassislar prognozlari bo‘yicha, noyabrda COVID-19 epidemiyasi ikkinchi to‘lqini yuzaga kelishi mumkin. Aholimizning o‘z salomatligiga nisbatan bunday munosabati bilan ommaviy kasallanish holati sentabr oxiriga kelib boshlanishi mumkin. Bu ko‘pincha, jamoat transportida sanitariya-epidemiologiya normalariga amal qilinmayotgani, kafe va restoranlar esa tashrif buyuruvchilarga to‘laligi bilan izohlanadi. Fuqarolar tantanalar va dafn marosimlarini o‘tkazishni boshlaganlar. Kafe va restoranlar egalari 3 ming som jarima to‘lab, katta mamnuniyat bilan mehmonlarni kutib olishda davom etishmoqda. Hammamiz tushunamiz, restoran biznesi zarar ko‘rmoqda, ammo ommaviy infeksiyalanish holatlari takrorlanishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz", - deb aytgan Boronov.

Qirg‘iziston Bosh vaziri tantanali tadbirlar va dafn marosimlarini kafelarda va restoranlarda o‘tkazganlik uchun jazo choralarini kuchaytirishni, shuningdek, odamlar ko‘p to‘planadigan joylar va transportda reydlarni kuchaytirishni taklif etgan.