TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti direktori Tedros Adxanom Gebreyesus mamlakatlar normal hayotga qaytish uchun amalga oshirishlari lozim bo‘lgan to‘rtta asosiy qadamlarni sanab o‘tdi. U bu haqda Jenevada o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi. Tadbir videosi tashkilotning YouTube-sahifasida e’lon qilingan.
Gebreyesus o‘z bayonotida BSST karantindan so‘ng davlatlar ochilishini qo‘llab-quvvatlashini, ammo falokat yuz bermasligi uchun xavfsizlik choralariga amal qilish muhimligini qayd etdi.
"BSST iqtisodlar va hamjamiyatlar ochilishi bo‘yicha urinishlarni to‘laligicha qo‘llab-quvvatlaydi. Biz, bolalar maktablarga, odamlar esa - o‘z ish joylariga qaytishlarini ko‘rishni istaymiz. Ammo biz bu ishlar xavfsiz bir sharoitda amalga oshayotganini ko‘rmoqchimiz. Davlatlar virusni qanchalik ko‘p nazorat qilsa, ular shu qadar ko‘p ochilishlari mumkin. Nazoratsiz ochilish - bu falokat retseptidir", — deya ta’kidladi u.
Shundan so‘ng Gebreyesus normal hayotga qaytish oldidan bajarilishi zarur bo‘lgan to‘rtta asosiy qadamni sanab o‘tdi:
- odamlar orasida virus yuqishini cheklash. Bu singari yuqishlar ko‘pincha ommaviy tadbirlarda, shu jumladan, tungi klublarda, stadionlarda, yirik diniy yig‘ilishlarda;
- virus xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni ular orasida o‘lim holatini qisqartirish himoyalashni kuchaytirish muhim;
- har bir inson jamoatchilik xavfsizligiga o‘z hissasini qo‘shishi kerak, ya’ni: niqob taqishi, masofani saqlashi va qo‘llarni sovunlab yuvishi zarur;
- hukumat kasallanganlarni aniqlash, izolyatsiyalash, testdan o‘tkazish va davolash, shuningdek, ular aloqalari izini aniqlashtirish uchun choralarni ko‘rmog‘i kerak.
Yaqinda BSST yetakchisi o‘z bayonotida COVID-19 pandemiyasi tugashi muddatini prognozlashtirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, insoniyat COVID-19 ustidan taxminan ikki yilda g‘alaba qozonishi mumkin.