Qirg‘iziston O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘z chegarasini ochmoqda – sana

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston birinchi sentabrdan epidemiologik vaziyat barqarorlashgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Birinchi sentabrdan O‘zbekiston fuqarolariga Qirg‘izistonga kirish ruxsat beriladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

O‘zbekiston sentabrdan boshlab qator davlatlar bilan avia-parvozlarni tiklamoqchi

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston birinchi sentabrdan epidemiologik vaziyat barqarorlashgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritiladi.

“O‘zbekiston 1-sentabrdan koronavirus infeksiyasi kamayishi va epidemiologik vaziyat barqarorlashgani kuzatilayotgan xorijiy davlatlar ro‘yxatiga 32-mamlakat sifatida kiritiladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston 31 mamlakat fuqarolari uchun o‘z chegarasini ochgani xabar qilingan edi.