“Armata” tankining o‘ziga xos xususiyati National Interest nashrini hayratda qoldirdi

Rossiyaning T-14 “Armata” tankining pilotsiz versiyasi yaratuvchilari masofadan boshqariladigan har qanday mashinaga xos bo‘lgan muammoni hal qilishga muvaffaq bo‘lishdi.
Sputnik

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Rossiyaning T-14 “Armata” tankining pilotsiz versiyasi yaratuvchilari masofadan boshqariladigan har qanday mashinaga xos bo‘lgan muammoni hal qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu fikrni National Interest nashridagi maqola uchun amerikalik publitsist Piter Suchiu bildirdi.

Nima uchun og‘ir BMP T-15 "Armata" dunyodagi eng yaxshisi

Avvalroq Rossiyaning eng so‘ngi T-14 "Armata" tanki pilotsiz rejimda sinovlari bo‘lib o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Publitsist fikricha, texnikani "vaziyat bo‘yicha ogohlik tizimi" bilan jihozlanishi masofadan boshqariladigan mashinalarga taalluqli eng muhim masala. T-14 yaratuvchilari bu masalaga tankning butun korpusi bo‘ylab keng burchakli videokameralarni joylashtirish orqali javob berishdi. Ular 360 darajada yoritib berishni ta’minlaydi va ekipajni vaziyat haqida ma’lumot bilan ta’minlaydi.

Tankning yana bir innovatsion xususiyati deb publitsist pilotsiz minorani atadi. U o‘z ichiga masofadan boshqariladigan, 125mm 2A82-1M to‘la avtomatlashtirilgan yuklash tizimiga ega silliq stvollik to‘pni oladi.

"Hindlar shokda edi": Rossiya tanklari nimalarga qodir

Mutaxassis T-14ning soatiga 90 kilometr tezlikda harakatlanishiga e’tibor qaratdi. Uning tahminiga ko‘ra, bu Amerikaning M-1 Abrams tankiga qaraganda uni ko‘proq harakatchan qiladi.

Ta’kidlanishicha, Rossiyaning yangi tanki razvedka amaliyotlarini olib borishi, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari, “yer sirti-havo” raketa tizimlari va hatto T-90 tanklarini nishonlarni belgilash va o‘qqa tutish jarayonida qatnashishi mumkin.

T-14 urushdan keyingi uchinchi avloddagi dunyodagi yagona tankdir, u dushman bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada yaqin jang qilish, boshpanalarda va ochiq joylarda joylashgan motoo‘qchi bo‘linmalari, istehkomlar va dushman tirik kuchlarining hujumini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.