"Respublikalarga o‘rin yo‘q": Jirinovskiy SSSR hududlarini qaytarish zarurligi haqida gapirdi

LDPR fraksiyasi rahbari, rossiyalik siyosatchi Vladimir Jirinovskiy Belarusdagi vaziyat haqida fikr bildirar ekan, kutilmagan va o‘ta keskin gaplarni aytdi
Sputnik

TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Rossiyalik siyosatchi, LDPR fraksiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy o‘zining Telegram-kanalida Belarusdagi vaziyatga izoh berdi.

Gorbachev SSSR parchalanishining asosiy sababini aytdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yuzida "MDH hududida eng so‘nggi bolshevik ketmoqda", dedi Jirinovskiy o‘z bayonotida.

Siyosatchi, shuningdek, SSSR qulagach, Rossiya siyosati o‘zining samarasizligini ko‘rsatayotganini bildirdi.

"Muloqotlar vaqti o‘tdi, o‘ta qat’iy harakat qilish kerak", - deb aytgan deputat.

Siyosatchi, "SSSRni siyosiy rejim sifatida emas, balki barcha hududlarni qaytarish kerak", degan fikrni bildirgan.

"Hech qanday respublikaga o‘rin yo‘q, hammasini Rossiya tarkibiga kiritish kerak", - degan Jirinovskiy o‘z fikri yakunida.