Rossiya va Xitoy dollardan yuz o‘girmoqda

Moskva va Pekin Amerika valyutasidan voz kechish tomon harakatlanmoqda. Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo operatsiyalari hisob-kitoblarida dollarning ulushi minimal darajada, milliy valyutalarning ulushi esa maksimal darajada.
Sputnik

TOShKENT, 18 avg - Sputnik, Natalya Dembinskaya. Moskva va Pekin Amerika valyutasidan voz kechish tomon harakatlanmoqda. Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo operatsiyalari hisob-kitoblarida dollarning ulushi minimal darajada, milliy valyutalarning ulushi esa maksimal darajada. Iqtisodchilar, hammasi oxir-oqibat Amerika valyutasiga umuman o‘rin bo‘lmagan "moliyaviy ittifoq" bilan yakunlanishiga ishonishmoqda. Bundan tashqari, investorlar asosiy zaxira valyutasini tark etib, oltinga o‘tmoqdalar.

Yevro va yuan

Birinchi chorakda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda dollar ulushi tarixda birinchi marta 50% dan tushib ketdi - 46% gacha. Yevro ulushi hozirda 30 foizni, milliy valyutalar - rubl va yuan 24 foizni tashkil etadi. Bu kabi siljish Rossiya iqtisodiyotini "dollarsizlantirish" va uni AQShning yangi sanksiyalari tahdidiga qarshi turish strategiyasining bir qismidir.

Xitoy vaksinasi yil oxirida sotuvga chiqariladi

So‘nggi yillarda Moskva va Pekin dollarni muntazam ravishda ikki tomonlama savdodan chiqarib tashlamoqda. 2014-yilda tomonlar 150 milliard yuan (24,5 milliard dollar) miqdoridagi uch yillik svop-bitimini imzoladilar, ushbu bitim milliy valyutalarni ochiq bozorda xarid qilmasdan turib o‘zaro sotib olish imkoniyatini yaratdi.

2015 yilda bitimlarning deyarli 90 foizi dollarda amalga oshirildi. Ammo 2019-yilga kelib - 51%ni tashkil etdi. Rossiyaning neft giganti “Rosneft” esa barcha eksport shartnomalarini yevroga aylantirdi.

Nikkei Asian Review ta’kidlashicha, Rossiya-Xitoy "dollarsizlanishi" Amerika valyutasini umuman jalb qilmasdan "moliyaviy ittifoq" tuzishga olib keladigan "yutuq pallasiga" yaqinlashmoqda.

Federal zahira tizimi bosmaxonasi

Rossiya va Xitoyning kuchayishi dollarga bo‘lgan talabning pasayishining asosiy sabablaridan biridir, ammo yagona emasdir. Yetakchi investitsion banklar ta’kidlashicha, Federal zahira tizimining (FZT) o‘zi  Amerika valyutasiga chuqur qazimoqda.

"O‘z aybini his qilarmikan?" Xitoy Pompeoni "telbalarcha yolg‘on"da aybladi

Iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun regulyator stavkani nolgacha tushirdi va bosmaxonani ishga tushirdi. Koronavirus inqirozi boshlanganidan beri FZT bozorlarga qariyb 6 trillion dollarni chiqarib yubordi. Moliyachilar "tarixiy tajriba" haqida gapirishmoqda: mamlakatni xech narsa bilan ta’minlanmagan pullarga to‘ldirish bilan band bosmaxona, to‘la quvvat bilan ishlamoqda. Va bu dollarni asta-sekin yakson qilmoqda.

Amerika valyutasining indeksi barqaror pasayib bormoqda, davlat obligatsiyalarining daromadliligi esa tushib ketmoqda. Aprel oyidan beri dollar olti asosiy valyutaning savatiga nisbatan o‘n foiz yo‘qotdi, bu ko‘rsatkich bunday past darajaga ohirgi marta 2018-yil may oyida tushgan.

Amerikaning eng yirik banklaridan biri Goldman Sachs, bosmahona FZT balansini 2,8 trillionga “ishirib” yuborganini hisoblab chiqdi. Investorlar  dollar aktivlaridan chiqib, oltinga o‘tmoqdalar. Va bu davlat obligatsiyalari uchun o‘ta past stavkalar fonida ro‘y bermoqda: g‘aznachilik qimmatli qog‘ozlari daromadi nolga teng.

"FZT bir necha oy ichida to‘rt trillion dollardan oshiq mablag‘ni bosib chiqardi - bu oldingi 11-yilgiga qaraganda ko‘proq, - deb eslatadi moliyaviy mutaxassis va investor Yan Marchinskiy. Reaksiya ham shunga yarasha: hech narsa bilan ta’minlanmagan valyuta sotilmoqda, dollar arzonlashmoqda".

Uchdan bir qismiga qadrsizlanib ketadi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham avgust oyidagi hisobotida xatarlar haqida ogohlantirdi. Inqiroz bilan kurashish uchun chop etilgan trillionlab dollarlar va juda past stavkalar zaxira valyutasiga zarar yetkazmoqda: investorlar AQSh hukumati qarz qog‘ozlaridan qochishmoqda.

Dollar uchun gilotina qayerda tayyorlanmoqda va u qachon ishga tushadi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktorining sobiq o‘rinbosari Ju Minning fikriga ko‘ra, kongressning kamida bir trillionlik yangi moliyaviy yordam paketi, haqiqiy inqirozni keltirib chiqarishi mumkin.

"Biz kelajakda kurs asta-sekin 30 foizga pasayib ketishi haqida tashvishlanmasdan, aslida dollar investorlar ishonchini yo‘qotishiga olib keladigan bir lahzali hodisa yoki portillash sodir bo‘lishi haqida xavotirlanishimiz kerak", - dedi Ju Min. Uning tushuntirishicha, "portlash", qarz yuki yuqori bo‘lgan yirik kompaniyalar bankrotga uchrashni boshlaganida ro‘y berishi mumkin. 2008-yil moliyaviy inqirozidan keyin korporativ sektor ancha zaiflashgan, past stavkalar esa unga qarz olishni keskin oshirishga imkon berdi.

Nihoyat, Amerika iqtisodi uzra federal hukumatning 26 trillion dollarlik qarzi osilib turmoqda, va Shveysariyaning UBS bankida ta’kidlashlaricha, bu oxir-oqibat dollarga qattiq zarba beradi.

"Uzoq muddatli istiqbolda hukumat qarzi oshishi AQSh valyutasiga ta’sir ko‘rsatishi tayin", - deydi UBS WealthManagement strategi Tomas Fluri.

Morgan Stanley investitsion bankining Osiyo bo‘limi sobiq rahbari Stiven Rouchning so‘zlariga ko‘ra, dollar "haddan tashqari imtiyozlardan" foydalanmoqda, ammo uning davri tugamoqda. Moliyachining bashoratiga ko‘ra, 2021-yilda Amerika valyutasi uchdan bir qismiga qadrsizlanishi mumkin. Bunga AQShning asosiy savdo sheriklarining inqirozdan muvaffaqiyatli chiqishi fonida aholi jamg‘armalarining keskin kamayishi va davlat qarzining oshishi olib keladi.