Xitoydagi oziq-ovqat muammosi Rossiya qishloq xo‘jaligi uchun imkoniyat yaratmoqda

Xitoyda oziq-ovqat yetishmovchiligi bu yil yanada keskin tus olmoqda, AQSh bilan munosabatlar esa pandemiya fonida - unchalik emas. Ushbu vaziyat Rossiya uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin.
Sputnik

Osiyodagi "ofatlar yili" Rossiyaning jahon savdo iyerarxiyasidagi mavqeyiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb yozadi RIA Novosti muallifi Sergey Savchuk.

Xitoy Xalq Respublikasida ikki oydan beri yomg‘irlar tinmay yog‘moqda. Natijada Yanszi darosi shu darajada suvga to‘ldiki, hukumat atrofdagi hududlardan ikki milliondan ortiq odamni evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi, deb yozadi RIA Novosti sharhlovchisi Sergey Savchuk.

OAV: Xitoy diplomatlari Xyustondagi bosh konsullikni tark etdilar

Rekord darajadagi atmosfera yog‘ingarchiliklari bir necha hafta davomida Xubey provinsiyasidagi "Tri ushelya" GES to‘g‘onida suvning favqulodda to‘kib tashlanishiga olib keldi, shuning uchun Xuayxe darosi va Tayxu ko‘lidagi suv darajasi kritik darajadan ko‘tarilib ketdi. Toshqinlar natijasida, asosan, XXRning guruch yetishtirish bilan shug‘ullanadigan eng katta qishloq xo‘jaligi yerlari zarar ko‘rdi.

Muammo shunchalik katta ko‘lamli bo‘ldiki, 11-avgust kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin vatandoshlarini oziq-ovqatga tejamliroq bo‘lishga chaqirdi. Shu bilan birga, hukumatga oziq-ovqat xavfsizligi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi, va u, iqtibos - "toshqinga qarshi kurash davrida va pandemiya natijasida import cheklanishi sharoitida oziq-ovqat mahsulotlarining oqilona iste’mol qilinishini ta’minlaydi".

Xitoy rahbarining xavotirini tushunsa bo‘ladi. Bir tomondan, katta suvdan asosiy guruch yetishtiriladigan mintaqalar - Szansu, Anxoy, Xubey va Sichuan provinsiyalari aziyat chekmoqda va mamlakatda ocharchilik bo‘lmasa-da, importning keskin o‘sishi tahdid solmoqda, bu esa budjet xarajatlari oshishini anglatadi. Boshqa tomondan, ustiga ustak Jahon Yovvoyi tabiat Jamg‘armasi (WWF) va Xitoy Fanlar akademiyasining qo‘shma hisobotiga ko‘ra, har yili Xitoy restoranlari va boshqa umumiy ovqatlanish muassasalari axlatga hech qanaqasiga ishlatmay 18 million tonna oziq-ovqat mahsulotlarini tashlab yuboradi, bu esa milliy ishlab chiqarishning uch foizidan ko‘prokdir. Oziq-ovqatning bu miqdori bilan 50 million kishini to‘ydirish mumkin.

Xitoy hukumati AQShning Chendudagi konsulxonasini yopdi

Misol uchun, Davlat rahbarining chaqirig‘iga koronavirusning birinchi va eng kuchli o‘chog‘i aniqlangan shaharning Wuhan Catering Association uyushmasi o‘z munosabatini bildirdi. Mahalliy restoratorlar sotiladigan oziq-ovqat hajmini qisqartirishga va’da berishdi, endi har o‘nta mehmonga to‘qqiz porsiya, ikki-uch kishidan iborat kichik kompaniyalarga esa restoran egalari yarim yoki qisqartirilgan porsiyalarni taklif etadilar. Bundan tashqari, har bir umumiy ovqatlanish korxonasi ovqatlarni tashlab yubormaslik va mijozlar boshqa joylardan ozroq ovqat sotib olishlari uchun, qolgan ovqatni o‘zlari bilan uyga olib ketishni taklif qiladi.

Agar Uxanning o‘zida 11 milliondan ortiq aholi yashayotganini esimizdan chiqarmasak bu choralak kulgili tuyilishi mumkin, bu choralar esa umummamlakat miqyosida o‘tkaziladigan bo‘lsa, unda ularga 1,5 milliard odam rioya qiladi.

Endi esa eng asosiysi haqida.

Si Szinpin o‘z nutqida bir necha bor asosiy tezisni takrorladi: Xitoy oziq-ovqat importiga qaramlik muammosini hal qilishi kerak. Ushbu tezis yangi emas va Pekin bir necha yillardan buyon ushbu yo‘nalishda tinimsiz ishlamoqda.

O‘zbekiston eksport qiladigan eng qimmatbaho oziq-ovqat mahsulotlari

“Sinxua” axborot agentligi XXR milliy statistika burosiga tayanib xabar berishicha, so‘nggi 70-yil ichida mamlakat g‘alla hosili besh baravar ko‘paytirdi, o‘z parrandachilik va chorvachiligini faol rivojlantirmoqda. Shuningdek, Xitoy yiliga 64,5 million tonna daryo va dengiz mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda, bu ko‘rsatkich 143 baravar ko‘paytirilib, dunyo reytingida birinchi o‘ringa erishildi. Fermerlik ham qo‘llab-quvvatlanmoqda: 2004-yildan beri xususiy fermer xo‘jaliklari soni 3 baravarga oshdi va 2,2 millionga yetdi.

Ammo bu barcha ijobiy o‘zgarishlar baribir Xitoyni to‘liq mustaqil qila olmayapti. Bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini bu yerning o‘zida ishlab chiqarish qiyin yoki moliyaviy jihatdan imkonsizdir, shuning uchun hozirda asosiy savol: Xitoy kim bilan do‘st bo‘ladi va kimdan oziq-ovqat sotib oladi?

2017 yilda Pekin chet eldan oziq-ovqat sotib olishga 105 milliard dollar sarflagan bo‘lsa, 2019-yilda u 142 milliard dollar sarfladi, bu dunyoning ixtisoslashgan savdosining 6,5 foiziga teng. Asosiy yetkazib beruvchilar ro‘yxatiga Braziliya, AQSh, Kanada, Avstraliya va Fransiya kiradi. Agar qolgan davlatlar Xitoy bilan munosabatlarda betaraflikni saqlashni afzal ko‘rsa, Vashington bu masalada ancha bosh qotirishi kerak.

YeOII oziq-ovqat eksportiga qo‘yilgan cheklovni bekor qiladi

Qishda imzolangan savdo bitimining natijalariga ko‘ra, XXR AQShdan yiliga kamida 50 milliard dollar qiymatidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishni o‘z zimmasiga olgan, ammo amalda bu ro‘y bermayapti. Pekin shartnomadagi ilmoqqa ro‘kach qilmoqda, unda xaridlar ichki talab va bozor sharoitlariga asosan amalga oshirilishi aytilgan. Bunday vaziyat savdo urushi paytida AQSh qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining ahvolini yanada yomonlashtiradi, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun Amerika budjetidan 28 milliard dollar ajratildi, ammo bu ham bankrotlik to‘lqinini to‘xtata olmadi.

Pandemiya davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yomonlashtirdi holos, bunga Donald Tramp yanada turtki berdi, u hamon COVIDni "xitoy bezgagi" deb atashdan toyimay, xitoyliklarni kasallikning birinchi bosqichida ma’lumotlarni yashirganlikda ayblab kelmoqda.

Rossiya Xitoy bozoriga yetkazib beruvchi mamlakatlar birinchi o‘ntaligida kamtarin ohirgi o‘rinni egallab turibdi, ammo aynan past baza effekti va so‘nggi yillarda munosabatlarning sezilarli darajada iliqlashishi biz uchun imkoniyatlar oynasini ochmoqda.

Joriy yilning dastlabki besh oyida Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Xitoyga eksporti yetti foizga oshdi, pul ko‘rinishida Rossiya ikki milliard dollar daromad oldi. Tarixda birinchi marotaba bizning qishloq xo‘jaligimiz eksportning ikkinchi o‘rinidan yog‘och sanoatini siqib chiqardi va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchilardan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

Jahonda oziq-ovqat tovarlari narxi oshib borayotgan bir vaqtda O‘zbekiston qanday yo‘l tutadi?

Xitoy uchun kelgusi kunlarning ob-havo prognozi umid bag‘ishlovchi emas, u yerda kuchli yomg‘irlar davom etadi va bu bir vaqtning o‘zida ham mamlakat rahbariyati, ham fermerlar va restoran mehmonlari ham xursand qilayotgani yo‘q.

Shu bilan birga, jamoatchilik e’tiboridan pinhona tarzda Xitoyning eksport bozorini qayta taqsimlash uchun ayovsiz kurash bo‘lishi shubhasiz. Chunki bu yerda “o‘ta yoqimli” va kattagina raqamlar aylanmoqda.

Agar Rossiya bu kurashda hech bo‘lmaganda bitta pog‘onaga ko‘tarilib olsa, bu juda-juda yaxshi bo‘ladi.