YeOII oziq-ovqat eksportiga qo‘yilgan cheklovni bekor qiladi

© Sputnik / Vladislav Vodnev Flagi stran-uchastnis YeAES
Flagi stran-uchastnis YeAES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bosqichma-bosqich ittifoq tashqarisiga oziq-ovqat eksportiga qo‘yilgan cheklovni bekor qiladi.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bosqichma-bosqich ittifoq tashqarisiga oziq-ovqat eksportiga qo‘yilgan cheklovni bekor qiladi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi.

Flagi stran YeAES. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
YeOII bosh vazirlari uchrashuvi 17-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining qator mahsulotlar eksportini cheklash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan edi. Hozirda biz asta-sekinlik bilan bekor qilamiz”, - dedi u Davlat dumasida hukumat faoliyati to‘g‘risida hisobot berayotib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportni cheklash to‘g‘risidagi qaror pandemiya vaqtida bozorni himoya qilish maqsadida qabul qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari ayrim oziq-ovqat mahsulotlarni chetga olib chiqishni cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0