Polsha bosh vaziri Belarusdagi saylovlar bo‘yicha YeI sammitini o‘tkazishga chaqirmoqda

Mateush Moraveskiy Belarusda o‘z fuqarolariga qarshi kuch ishlatilishi holati bo‘yicha YeI favqulodda sammitini o‘tkazishga chaqirdi.
Sputnik

TOShKENT, 10 avg - Sputnik. Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiy Belarusda o‘z fuqarolariga qarshi kuch ishlatilishi holati bo‘yicha YeI favqulodda sammitini o‘tkazishga chaqirdi.

Belarusda prezident saylovlari dastlabki natijalari e’lon qilindi

"Polsha o‘zining eng yaqin qo‘shnilari uchun javobgardir. Shuning uchun bosh vazir Mateush Moraveskiy Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishel va Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayenga Belarusdagi voqealar bo‘yicha Yevropa Ittifoqining favqulodda sammitini chaqirish taklifini yo‘lladi" , - deyiladi bosh vazir kanselyariyasi xabarida. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

“2020 yil 9-avgustda Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan so‘ng, hukumat mamlakatda o‘zgarishlarni talab qilgan o‘z fuqarolariga qarshi kuch ishlatdi. Biz solidar tartibda beloruslarni ularning ozodlikka intilishida qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”, - deyiladi bayonotda.

Minskdagi tartibsizliklar: saylovlardan keyin nimalar yuz berdi - video

Yakshanba kuni Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko 80 foizdan ko‘proq ovoz to‘pladi, Svetlana Tixanovskaya 9,9 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinda. Tixanovskaya shtabi MSK natijalarini tan olmasligini ma’lum qildi va ularning ma’lumotlariga ko‘ra u 70-80 foiz ovoz to‘plaganini qo‘shimcha qildi.

Tartibsizliklar Minskda saylov uchastkalari yopilganidan keyin boshlandi va ertalabgacha davom etdi. Huquqni muhofaza qilish kuchlari namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun shovqinli granatalar va suv purkovchi texnikalardan foydalangan.