Belarusda prezident saylovlari dastlabki natijalari e’lon qilindi

© Sputnik/Viktor TolochkoGolosovanie na izbiratelnom uchastke v Minske na viborax prezidenta Belarusi
Golosovanie na izbiratelnom uchastke v Minske na viborax prezidenta Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qildi. Amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz olgan.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Belarus Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qildi. Bu haqda Sputnik Belarus nashri xabar qilmoqda.

Mahalliy vaqt bilan soat 9:00 holatiga ko‘ra dastlabki natijalar quyidagicha:

  • Aleksandr Lukashenko 80,23%
  • Svetlana Tixanovskaya 9,90%
  • Anna Kanopaskaya 1,68%
  • Sergey Cherechen 1,13%
  • Andrey Dmitriyev 1,04%

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 6,02 foizi hammaga qarshi ovoz bergan. Saylovda saylovchilarning 84,23 foizi ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, mustaqillikka erishgan Belarus tarixidagi oltinchi prezident saylovlari 9-avgust kuni bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0