Lukashenkoni birinchi bo‘lib Xitoy yetakchisi tabrikladi

Xitoy yetakchisi Si Szinpin birinchi bo‘lib Aleksandr Lukashenkoni respublika prezidenti saylovidagi g‘alaba bilan tabrikladi.
Sputnik

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. XXR raisi Si Szinpin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni respublika prezidenti saylovida erishgan g‘alabasi bilan qutladi. RIA Novosti xabariga asosan.

Belarusda prezident saylovlari dastlabki natijalari e’lon qilindi

“Xitoy hukumati va xalqi nomidan, shuningdek o‘z nomimdan samimiy tabrik va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Ishonchim komilki, sizning rahbarligingiz bilan Belarus davlat qurilishi yo‘lida yangi ulkan yutuqlarga erishadi”, - deyilgan tabrikda.

Belarus prezidenti saylovlari 9-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘pladi.