Toliblar AQShga qarshi Rossiya bilan til biriktirilganini rad etdi

Tolibon harakati siyosiy ofisi rasmiy vakili Suxayl Shaxin so‘zlariga ko‘ra, ushbu "noto‘g‘ri va asossiz ma’lumot Qobul milliy xavfsizlik departamenti tomonidan tinchlik o‘rnatish  jarayoniga putur yetkazish maqsadida amerika va yevropaning ayrim jurnalistlariga taqdim etilgan".
Sputnik

TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Rossiya toliblarni o‘z tomoniga "og‘dirib olgani" haqidagi xabarlarda bironta rost so‘z yo‘q, bu Afg‘onistonda tinchlik jarayoni o‘rnatilishiga qarshi bo‘lganlar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan kampaniyaning bir qismidir, dedi RIA Novostiga bergan intervyusida "Tolibon" radikal harakati siyosiy ofisining rasmiy vakili Suxayl Shaxin.

"Asossiz da’volar". Rossiya TIV NYT'ning eng so‘nggi maqolasiga izoh berdi

"Ular (tinchlik jarayoni dushmanlari - tahr.) unga ziyon yetkazmoqchi, xalal berapti", - dedi Shaxin telefon orqali olingan intervyu davomida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu "noto‘g‘ri va asossiz ma’lumot Qobul milliy xavfsizlik departamenti tomonidan "tinchlik o‘rnatish  jarayoniga putur yetkazish maqsadida amerika va yevropaning ayrim jurnalistlariga taqdim etilgan".

"Bu xabarlarda haqiqatga to‘g‘ri keladigan hech vaqo yo‘q, bu shunchaki tinchlik jarayoniga qarshi kampaniya. Va biz bunday bayonotlarni to‘laligicha rad etamiz", - dedi toliblar siyosiy ofisi vakili.

Ilgariroq New York Times gazetasi bir maqola chop etgan bo‘lib, unda allaqanday rossiya harbiy razvedkasi bo‘linmasi toliblarni pul evaziga Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya harbiy xizmatchilariga hujum uyushtirishga da’vat qilgani haqida aytilgan edi.

Serenko: faqat "fantazorlar" AQShning toliblar bilan bitimiga optimizm bilan qaraydi

New York Timesdagi maqoladan so‘ng Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi ushbu yolg‘on maqola tufayli ijtimoiy tarmoqlarda "ruslar bilan hisob-kitob qilish"ga doir chaqiriqlar paydo bo‘lgani haqida xabar berdi. Tahdidlar haqidagi ma’lumotni diplomatlar AQSh va Davlat departamenti huquq-tartibot organlariga topshirdilar.

TIVda ushbu maqola yolg‘on, deya baholandi, tashqi siyosiy mahkama rahbari Sergey Lavrov ushbu ayblovlarni Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidagi ichki siyosiy kurash bilan bog‘ladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z navbatida ushbu maqolani "buyurtma" deb atadi va amerika razvedkasi New York Times xabarini ishonchga sazovor, deb topmaganini xabar qildi. Pentagon ham "til biriktiruv"ni tasdiqlovchi dalillarga ega emasligini ma’lum qildi.