"Asossiz da’volar". Rossiya TIV NYT'ning eng so‘nggi maqolasiga izoh berdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMID RF
MID RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RF prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov Rossiya va Tolibon o‘rtasidagi “kelishuv”ning taxmin qilinayotgan dalillariga izoh berdi.

TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Rossiya TIV Rossiya va Tolibon o‘rtasidagi “kelishuv”ning taxmin qilinayotgan dalillariga izoh berdi. RF prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, maqolada faqat asossiz ayblovlar keltirilgan.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
NYT Rossiyaning toliblar bilan "til biriktiruvi"ga doir yangi maqolani chop etdi

"Bizga dalillar kerak, ammo ular yo‘q. Bu asossiz ayblovlar", - dedi Kabulov RIA Novosti'ga.

Shuningdek, u ushbu maqolada ismi keltirilgan, giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullanuvchi Rahmat Azizi haqida hech qachon eshitmaganligini ta’kidladi. Nashrning ta’kidlashicha, u ikki tomon o‘rtasida asosiy vositachi bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nashrni o‘qiyotganda javoblardan ko‘ra ko‘proq savollar tug‘iladi. “Qalbaki narsalarni ham puxta tayyorlash kerak”, - deya qo‘shimcha qildi Kabulov.

Kuni kecha NYT nashri o‘zining maqolasida Rossiya va Afg‘onistonning “Toliboni” o‘rtasidagi “fitna” da “vositachi” ismini oshkor qildi. Maqolaning mualliflariga ko‘ra, bu giyohvand moddalar kontrabandachisi Rahmat Azizi.

Avvalroq, NYT nashri ismi oshkor qilinmagan razvedka xodimlariga tayanib, Rossiya harbiy razvedkasi “Tolibon” bilan bog‘liq jangarilarga Afg‘onistonda amerikalik askarlarga hujum uyushtirish evaziga mukofot taqdim etgani haqida xabar tarqatgan. Maqolada hech qanday dalil keltirilmagan. “Tolibon” harakati vakili Zabiull Mujohid Amerika nashrining ayblovlarini rasman rad etdi.

Avvalroq Sputnik radiosi Tramp NYTning Rossiya “Tolibon”ga “yordam bergani” to‘g‘risida maqolasiga izoh berganini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0