TOShKENT, 7 avg - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 809 nafarga yetdi, deb xabar berdi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida hamda 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlangan.
Shu bilan birga, infeksiyadan Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli B.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli L.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Hozirda mamlakatda 9 043 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 728 nafari og‘ir, 217 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Butun dunyoda koronavirus bilan bemorlanganlar soni 19 milliondan oshgan, deb xabar bermoqda Jons Xopkins universiteti.
Bunda AQSh 4,9 million holat bilan yetakchilikni saqlab turibdi.
Dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 712,5 mingdan oshgan, shularning 160 mingdan oshig‘i AQShda.