Shavkat Mirziyoyev Livan xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Bayrut bandargohida yuz bergan kuchli portlash munosabati bilan Livan prezidentiga hamdardlik bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bayrut bandargohida yuz bergan kuchli portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Livan prezidenti Mishel Aunga hamdardlik bildirdi.

Beyrutdagi portlash tufayli yetkazilgan zarar miqdori oshkor etildi

“Davlatimiz rahbari Livan xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirdi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Livan poytaxti Bayrut shahridagi dahshatli portlash kecha yuz berdi. Taxminlarga ko‘ra, badargohdagi 2014-yilda kemadan musodara qilingan 2750 tonna ammiak selitrasi portlab ketgan. Portlashdan shaharning teng yarmi jabr ko‘rgan. Kasalxonalar jarohatlanganlar bilan to‘lib toshgan.

Livan hukumati fojia qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 100 ortiq kishi qurbon bo‘lgan, to‘rt mingga yaqin kishi jabrlangan. Ko‘plar bedarak yo‘qolgan.