O‘zbekistonda koronavirus: 5-avgust asosiy xabarlari

Bir sutka davomida 507 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27 554 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Rossiyada COVID-19 ga qarshi vaksinani yaratish bosqichlari ma’lum bo‘ldi

Bir sutka davomida 507 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27 554  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 176 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Qashqadaryo viloyatida, 19 nafari Surxondaryo viloyatida, 12 nafari Toshkent viloyatida hamda yana 12 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 631 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 18 682 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 703 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 619 nafari og‘ir, 208 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Rossiyaga pandemiya vaqtida kirib borgan o‘zbekistonliklar soni aytildi

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan 38 yoshli S.M. (erkak), Uchtepa tumanida yashagan 77 yoshli X.S. (erkak), Chilonzor tumanida yashagan 51 yoshli A.L. (erkak) hamda Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 70 yoshli A.M. (erkak) vafot etdi.

O‘zbekistonda umumiy hisobda 169 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Himoya kombinezoni

O‘zbekistonda 100% paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalarini ishlab chiqarish boshlandi. “Cotton Road” qo‘shma korxonasi Germaniyaning “SHT GmbH” va Shveysariyaning “CHT Switzerland AG” kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomaga binoan korxona Yevropaning so‘nggi “HeiQ Viroblock” innovatsion ishlanmasini o‘zlashtirdi.

Ushbu innovatsion texnologiya Shveysariyada antivirus matolarni ishlab chiqarish uchun maxsus yaratilgan.

O‘zbekistonda 30 kishilik to‘y o‘tkazish talabini doimiy saqlab qolish taklif qilinmoqda

Chegarada qolganlar uchun poyezd

Samara yaqinida to‘plangan mingga yaqin o‘zbekistonlik 7-avgust kuni poyezd bilan olib ketiladi. Poyezd Samara viloyati Kinel stansiyasiga yetib keladi. Fuqarolar chiptani o‘z hisobidan sotib olishi kerakligi to‘g‘risida ogohlantirildi: narxi 10 ming rubl.

Kuni kecha Samara viloyatidagi RF-Qozog‘iston chegarasida migrantlar va huquq tartibot organ xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Mojaro tezda bataraf etildi.  

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 18,5 millionga yetdi, 700 ming kishi vafot etdi, 11,1 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (4,8 mln), Braziliyada (2,8 mln), Hindistonda (1,9 mln).