Milliy gvardiya 2,5 yashar bolani urib o‘ldirgan xodim yuzasidan munosabat bildirdi

Milliy gvardiya “2,5 yashar bolani urib o‘ldirgan Milliy gvardiya xodimi 19-yilga kesildi” sarlavhasi bilan tarqatilgan ma’lumot yuzasidan munosabat bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Milliy gvardiya “2,5 yashar bolani urib o‘ldirgan Milliy gvardiya xodimi 19-yilga kesildi” sarlavhasi bilan tarqatilgan ma’lumot yuzasidan munosabat bildirdi.

Milliy gvardiya uyda davolanayotganlar ustidan nazoratni kuchaytiradi

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotda bayon qilinishicha, sodir etilgan holat yuzasidan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi ikki yarim yashar bolani o‘rib o‘ldirganligi va u Toshkent shahar Jinoyat ishlari sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish) v va j-bandlari hamda 110-moddasi 2-qismi (qiynash) a va v-bandlari bo‘yicha aybli deb topilib, 19-yil muddatga ozodlikdan maxrum qilingan", - deyilgan bayonotda. 

Aytilishicha, 2020-yil 1-fevral kunida ushbu jinoyatni sodir etgan sobiq Qo‘riqlash xizmati safdor xodimi B.Axmedov 2012-yil mart oyidan Qurolli kuchlar safida xizmat qilib kelgan va 2019-yilda Qo‘riqlash xizmati Milliy gvardiya tasarrufiga o‘tkazilishi munosabati bilan u o‘z xizmatini shu tizimda davom ettirgan.

“Sobiq Qo‘riqlash xodimining oila turmush doirasidagi jinoyatga qo‘l urganligini aslo oqlab bo‘lmaydi, joriy yilning may oyining 27 kuni (bundan ikki yarim oy oldin) unga nisbatan Toshkent shahar Jinoyat ishlari sudi tomonidan qilmishiga yarasha adolatli hukm tayinlanganligi ham qonunlarimiz usuvorligidan dalolatdir”, - deyilgan MG bayonotida.